O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   416
III. Fikrlash bosqichi.
Maqsad:
o’quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan 
bilimlarini mustahkamlash, nutqda maqollardan foydalanish ko’nikmasini 
shakllantirish, xulosa chiqarishga o’rgatish. 
Metod:
Aqliy hujum, suhbat metodi. 
1. Aqliy hujum. 
– Qaysi mavzulardagi maqollarni o’qidingiz? 
– Maqollar qanday paydo bo’lgan? 
2. Maqollardan yod aytish musobaqasi.
1-guruh. Mehnatsevarlik haqidagi maqollardan ayting.
2-guruh. Vatanparvarlik haqidagi maqollar ayting. 
3-guruh. To’g’riso’zlik haqidagi maqollar ayting. 
4-guruh. Do’stlik haqidagi maqollardan yod ayting. 
3. Mustaqil ijodiy ish. 
Har bir guruhga bitta maqol beriladi. Guruh ishtirokchilari birgalikda oxiri 
berilgan maqol bilan xulosalanadigan hikoya tuzib yozishadi. O’qituvchi guruhlarga 
quyidagi maqollarni bo’lib berishi mumkin: 
1) Hamjihatlik – davlat, Yolg’izlik – kulfat. 
2) Ilmi yo’qning ko’zi yumuq. 
3) Odobli – elda aziz. 
4) Hunar bo’lsa qo’lingda, non topilar yo’lingda. 
Hikoyani ertak tarzida yoki hayotda uchraydigan biror voqea tarzida yozish 
bo’yicha maslahat va yordam beriladi. Masalan, “Odobli – elda aziz” maqoli asosida 
taxminan quyidagicha hikoya tuzish mumkin: 
Odiljon oyisi, dadasi bilan xolasinikiga mehmonga bordi. Xolasi mehmonlarni 
pista-bodom, shirinliklar, kulcha nonlar bilan siyladi. Odiljon mehmonda sho’xlik 
qilmadi. SHirinliklarga hadeb qo’l cho’zavermadi. Kelgan boshqa mehmonlar 
Odiljonni “odobli bola ekan” deyishdi. Odiljon “Odobli – elda aziz” ekanligini bilib 
oldi. 


311 
Ushbu topshiriq uyga vazifa qilib berilishi ham mumkin. 
4. Mavzu yuzasidan tarbiyaviy xulosa chiqarish.
− Bugungi maqollarni o’rganish darsi sizga yoqdimi? 
− Maqollar bolalar tarbiyasiga taosir qiladi deb o’ylaysizmi? Ular qanday taosir 
o’tkazishi mumkin? 
− Siz bugun o’zingizga qanday xulosa chiqardingiz? 
− O’qigan qaysi maqolimiz sizga ham tegishli? 
5. Guruhlar to’plagan ballarni eolon qilish. O’quvchilarni rag’batlantirish. 
6. Uyga vazifa.
Maqollarni ifodali o’qish va yod olish. Darslikdan o’qilgan 
ertaklar mazmuniga mos maqollar topib, daftarga yozib kelish.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin