O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


 Badiiy til vositalari ustida ishlash



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   416
2. Badiiy til vositalari ustida ishlash. 
O’qituvchi:
− Bugun darsda daraxtdagi olmalardan uzishga ruxsat beraman. 
Faqat uning orqasiga yozilgan savol-topshiriqni bajarsangiz, olma sizniki bo’ladi 
va uni o’z savatchangizga solasiz. 
Har bir guruhdan o’quvchilar navbat bilan chiqib olmalardan oladi va shu 
vaqtning o’zidayoq savollarga javob beradi.


302 
Savol-topshiriqlardan namunalar: 
− O’qing. Qanday badiiy vosita qo’llanganini ayting. 
“Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to’n kiydi, oq, sariq, ko’k, qizil rangli 
yoping’ichlar bilan bezandi”. 
− O’qing. Qanday badiiy vositalar qo’llanganini ayting. 
“Bo’z yer yuziga yashil parda tortdi, go’yo Xitoy karvoni CHin hariri ipak 
matolarini har tomonga yoydi”. 
− O’qing. Qanday badiiy vosita qo’llanganini ayting. 
“Qora qarg’a tumshug’ini ko’pirtirib qag’illaydi, uning ovozi tantiq qizning 
ovozi kabi yoqimsizdir”. 
− O’qing. Qanday badiiy vosita qo’llanganini ayting. 
“Mag’rur turnalar ko’kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilgan tuya 
karvonidek uchmoqda”. 
Guruhlar bali eolon qilinadi. 
3. Matnni topshiriqlar asosida o’qitish. 
− «Bahor taorifida» matnini o’qing. Undan ko’chma maonoda qo’llangan 
so’zlarni toping (
Bahor nafasi, firdavs yeli, o’z hukmiga, harir yoping’ich, har 
tomonga yoydi, kaklik kulmoqda, gullar yuz ochib, qah-qah urib kulmoqda 
kabi). 
Guruhlarning bali eolon qilinadi. 
4. Bahor fasli haqida o’quvchilar tushunchasini aniqlash. 
− Bahor fasliga xos xususiyatlarning tarmoqlash usulida ifodalang, uni
doskaga iling va izohlab bering. 
− «Bahor» she’ri muallifi Qudrat Hikmat haqida nimalar bilasiz? Og’zaki 
gapirib berishga tayyorlaning. SHoirning qaysi she’rlarini yod bilasiz? (O’quvchilar 
«Qish to’zg’itar momiq par» she’rini aytishadi) 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin