271
1. CHingizxonning hiyla ishlatgan o’rnini matndan topish. Uning
o’quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini aniqlash.
2. Jaloliddin Manguberdining Eron va Afg’onistonda mo’g’ullarga qarshi
kurashib, erishgan g’alabasi tasvirlangan o’rinni topib o’qish.
3. Lashkarboshilarning o’lja taqsimlashi oqibatida nima yuz berganini
aniqlash. Bu o’rinni matndan topish.
4. Jaloliddin Manguberdining jasorati yana qaysi o’rinda ko’ringanini aniqlash.
5. CHingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini aytish.
SHundan so’ng o’quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida ongli fikr
yuritadilar. CHingizxon bilan Jaloliddin Manguberdining xatti-harakatlarini
taqqoslab, farqlaydilar.
Hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagicha ishlar
amalga oshiriladi:
1. Matn mazmuni yuzasidan o’qituvchi savollariga javob berish.
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi.
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.
5. Hikoya matnini qismlarga bo’lish.
6. Har bir qismga sarlavha topish.
7. Hikoyaga reja tuzish.
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to’liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).
9. Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda o’qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga
ega.
Dostları ilə paylaş: