O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   416
DARSNING BORISHI: 
I. CHaqiruv bosqichi.
Guruhlar taqdimoti. 
Bunda har bir guruh o’z nomining maonosini izohlaydi, nomini ifodalovchi 
rasm chizib ko’rsatishi ham mumkin. 
1-guruh − «Qorparcha»:
Men qish faslida dunyoga kelganman. Qir-adir, tog’u 
tosh, dala-dashtda uchib, o’ynoqlab yerga tomon intilaman. Hammayoqni oq 
choyshab bilan o’rayman. Men yoqqanda bolalar, hatto kattalar ham qorbo’ron 
o’ynaydi, qorbobo yasashadi. Qorxat yozishadi. 


266 
2-guruh − «Ayozbobo»:
Men issiq havoni sovutaman. Yerlarni, suvlarni 
muzlataman. Men tufayli yaxmalaklar paydo bo’ladi. Bolalar yaxmalakda 
chang’ida, chanada va konki uchadi. Tarnovlarda sumalaklar paydo bo’ladi. 
3-guruh − «Qorbobo»:
Men qish faslida bolalarning eng sevimli bobosiman. 
Uzoq-uzoq o’lkalardan ularga yangi yil bayrami sovg’alarini, qorqizimni olib 
kelaman. Ularning kuy-qo’shiqlari, o’yin-kulgilari jaranglagan bayramni birga 
nishonlayman. Men tufayli Ayozboboning izg’irin sovuqlarini sezmaydilar. Men 
ularga kuch-quvvat bag’ishlayman. Hammangizni yangi − qutlug’ yilingiz bilan 
tabriklayman. 
4-guruh − «Sumalak»:
Men Ayozbobo bilan Qorparchalarning farzandiman. 
Tomlarning bo’g’otida qishning quyosh nurlarida yaltirab turaman. U yerdan 
bolalarning o’yin-kulgilarini tomosha qilaman. Borib bolalarga qo’shilib o’ynay 
olmaganimdan ko’zlarimdan chak-chak yoshim oqadi. SHu ko’z yoshlarim bilan 
yerning dardlariga malham bo’laman. 
5-guruh − «Qish»:
Yuqoridagi so’zga chiqqanlarning barchasi mening 
dilbandlarim. Ular tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman. 
Dekabrь, yanvarь, fevralь oylari mening qo’ynimda yashaydi. Ularning har biriga 
yaxshi kunlarni − bayramlarni taqsimlab berganman. 
8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 31 dekabrda Yangi 
yil bayrami nishonlanadi. 14-yanvarь Harbiylar kunini bayram qilinadi. 9 fevralda 
ulug’ bobomiz Mir Alisher Navoiyning, 14 fevralda Mirzo Boburning tavallud kuni 
nishonlanadi. 
O’qituvchi o’quvchilarning javobini umumlashtirib, har bir guruhni 
rag’batlantiradi. SHu tarzda yangi bo’limni, asarni o’qishga tayyorgarlik davri 
yakunlanadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin