1 − guruh uchun.
−
Ayozbobo deraza oynalariga qanday qilib naqshlar chizadi?
268
−
“Qiyomiga kelib” birikmasining maonosini izohlab bering
(ayni meoyoriga,
maromiga yetgan holga kelgan).
2 – guruh uchun.
−
Falak, libos so’zini qaysi so’zlar bilan almashtirish mumkin?
(falak − osmon
gumbazi, osmon, ko’k; libos − kiyim, ust-bosh)
−
Bahoroyning gullari nomini sanab bering.
3 – guruh uchun.
−
“SHitob” so’zining maonosini izohlang
(harakatning bajarilishidagi tezlik)
−
Saraton qaysi payt ekanini ayting.
4 – guruh uchun.
−
Bahor tabiatida yuz beradigan hodisalarni ayting.
−
Zaofar, zarg’aldoq ranglar qanday rang? Ranglar ichidan olib ko’rsating.
(zarg’aldoq − to’q sariq rang, zaofar − sap-sariq, somon rang)
5 – guruh uchun.
−
Qish chillasi necha kun va unga qaysi vaqt kiradi?
−
Ertakda badiiy vositalardan nima ko’proq qo’llanilgan?
(jonlantirish)
Darsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish.
Bunda quyidagicha
savollar beriladi:
− Dars sizga yoqdimi? Nimasi yoqdi?
− Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
− Siz qishda tabiatni, tabiat ehsonlarini asrash uchun nimalar qilyapsiz?
So’ngra o’quvchilarning umumiy ballarini eolon qilinadi.
Uyga vazifa:
ertak matnini ifodali qilib o’qishga, unga reja tuzib, shu reja
asosida qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.
Hikoyani o’qish metodikasi
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi maolum bir
voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
269
«Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning
mazmunini ertakdagidan ortiqroq hayotiydir»
25
.
Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr hisoblanadi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi,
portret tasviri, voqea-hodisalari haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. SHuning
uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini
tushuntirishga bog’lab olib boriladi.
Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish
darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni
qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda
savollar asosida tahlil qilinadi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini
tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar,
xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun
foydalaniladi.
Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar tushunmaydigan so’z va iboralar
maonosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna
olmaydilar.
Hikoyani o’qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar
nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qib bo’lingach, o’quvchilar
o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak.
O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga
yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga taosir etganini
bilishdan iborat. SHundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning yo’nalishini
ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g’oyasini
bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib,
qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari
eotibordan chetda qolmasligi lozim.
25
Султонов И. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. 245-бет
270
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o’ziga tortadi. Lekin,
hikoya janri ham hayotiyligi bilan o’ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib
boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog’liq hayotiy lavhalar bayon etiladi.
O’quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar.
Masalan, 3-sinf «O’qish kitobi»dagi
Dostları ilə paylaş: |