O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   416
II. Anglash bosqichi.
Bu bosqichda “Rangin qorlar” (Olloyor) ertagi 
(o’qituvchi qismlarga bo’lib kelgan bo’ladi)ning har bir qismi guruhdagi yaxshi 
o’qiydigan o’quvchilarga o’qitiladi. “Ifodali o’qish” musobaqasi uyushtiriladi. Eng 
yaxshi o’qigan o’quvchi aniqlanadi va rag’batlantiriladi. 


267 
SHundan so’ng guruhlarga asar matni ichda o’qishga topshiriladi. Guruh 
o’quvchilariga quyidagi topshiriq beriladi: 
− Har bir guruh o’z qismini ichida o’qiydi. Uning mazmuniga va 
qahramonlariga doir savol-topshiriqlar tuzadi va konvertga solib uzatadi. Tuzilgan 
savollar izohlanib, rag’batlantirilib boriladi. 
III. Fikrlash bosqichi.
Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi: 
1. O’quvchilar o’zlari tuzgan savollarga javob beradilar: 
− Qadimda qorbo’ron qanday qorlar bilan o’ynalgan? Nima uchun? 
− Bo’yoq bozori qancha yilda bir bo’lar ekan? 
− Nega qorlar oq rangda yog’ar ekan? 
− Bahoroy qaysi bo’yoqlarni xarid qilibdi? 
− Kuz kelganda qozonlarda qaysi bo’yoqlar bor edi? 
− Qish kelganda qozonda qaysi bo’yoq qolgan edi? 
− Yoz uyqudan uyg’onib nimani o’ylab ketibdi? 
− Yoz qaysi bo’yoqlarni olganini o’ylab toping. 
− Kuz qaysi bo’yoqlarni o’chirib, uning o’rniga qaysi bo’yoqlarni surtib 
chiqdi? 
− Qish o’z zahrini nimalarga sochadigan bo’lib qolibdi? 
2. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlanadi. Bularni barcha guruh 
bajaradi. Guruhning faol ishtirokiga qarab ball qo’yiladi. 
3. O’qituvchi «Kumush qish» va o’qilgan asar yuzasidan tuzgan test 
topshiriqlarini guruhlarga tarqatadi. 
4. Qish fasli bilan bog’liq maqol va topishmoqlar aytiladi: 
Bahor, yoz, kuz qishlaydi, Qish paytida ishlaydi. (Pechka) 
Qish yopingichingni qo’yma, Yoz o’zing bilasan.
(Maqol) 
5. O’qituvchi sardorlar uchun asar matni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzib 
keladi. Bu savol-topshiriqlar konvertlarga solinib, guruhlarga beriladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin