263
O’quvchi ertak mazmunini o’zlashtirib olgandan so’ng, uning tili ustida
ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda,
qahramonlarga tavsif berishda o’quvchilarning o’z nutqida til vositalaridan o’rinli
foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat,
ehtiyoj yaratish zarur.
Ertak tilida shunday so’z va iboralar borki, ular bolaga o’zgacha ta’sir
ko’rsatadi. Masalan,
«Yo’lbars, Tulki va Bo’ri»
ertagida
«Tog’ echkisi siz
ulug’imizniki bo’lsin», «Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz
bo’lsin», «Kiyik kechqurungi taomingiz, qo’y kunduzgi xo’ragingiz bo’lsin»
kabi
gaplar tarkibidagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarga o’quvchilar diqqati qaratilib, ertakni
so’zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan
g’oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo’li bilan bog’lanishli nutqni
o’stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan,
«Rostgo’y bola»
(1-sinf)
ertagida bola o’z rostgo’yligi bilan podshoga ma’qul bo’lganligi hikoya qilingan.
Ertak g’oyasiga mos xulosa esa
«Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri gapir»
maqoli
bilan ifodalangan. O’quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o’zlari
ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
So’z ma’nolari ustida ishlashda boshlang’ich sinf o’quvchilariga mos bo’lgan
usullardan biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda
Dostları ilə paylaş: