O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   416
1. Asarni ichda o’qish.
1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim 
so’zlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni o’qishni mashq qildirish maqsadga 
muvofiq. O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab ichda o’qib, ayrim qatnashuvchi 
shaxslarning gaplarini topish, uni o’qish va o’z so’zi bilan gapirib berish, matndan 
o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni topish kabi topshiriqlar berilishi 
mumkin. 
2. O’qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish.
Bu mashq 
bolalarni diqqat-e’tibor bilan o’qishga o’rgatadi; bu ish turidan oz komplektli 
maktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham yordam beradi. Mashqning 
bu turi asta murakkablashtira boriladi: avval o’quvchilar matnga oid savollarga 
javob berish bilan uning mazmunini o’zlashtirsalar, keyin asarning asosiy g’oyasini 
bilib oladilar, voqea-hodisalar o’rtasidagi sabab-natija bog’lanishlarini tushunadilar. 
Bunda “Nega?”, “Nima uchun?” kabi savollardan foydalaniladi. Masalan, 4-sinf 
“O’qish kitobi”dagi 
“Davlat”
ertagi matni ustida ishlaganda 
«Ertakda Davlat 
dehqonning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima uchun?” 
savoli beriladi, bu 
savol hikoyaning asosiy mazmunini aniqlashga ham yordam beradi. 2-sinfdan 
boshlab bolalar nima uchun hikoya, she’r shunday nomlanganini aytib berishga 
o’rganadilar.
3. O’qilgan asar mazmunini to’liq anglash, bilib olish uchun 
o’qituvchi topshirig’ini bajarish.
Topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: 


259 
a) O’qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. 
(«Omonatga xiyonat», IV sinf)
b) O’qing va nima uchun hunarsiz kishi o’limga yaqinligini tushuntirib bering. 
(«Hunarsiz kishi o’limga yaqin», IV sinf) va hok.
Ba’zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi:
a) matnning ayrim o’rinlaridan foydalanib (ko’chirma olib) qayta hikoyalash;
b) hikoyani bir syujet chizig’i asosida qayta hikoyalash;
v) matnni qisqartib qayta hikoyalash;
g) matnning shaxsini o’zgartirib kayta hikoyalash va boshq. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin