O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Ilg`or pedagogik texnologiya asosidagi ertak o`tish darsi namunasi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   416
Ilg`or pedagogik texnologiya asosidagi ertak o`tish darsi namunasi: 
Mavzu. Kumush qish. 
O’quv materiali. Rangin qorlar 
(Olloyor)

Darsning maqsadi: 
1. O’quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini boyitish. 
2. Tabiatdan zavq olishga, unga zarar keltirmaslikka o’rgatish. 
3. Ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, xotirasini 
mustahkamlash. 
4. O’qish ko’nikmalarini takomillashtirish, o’quvchilar lug’atini yangi 
so’zlar bilan boyitish. 
Dars turi:
yangi bilim beruvchi, ertak o’qish darsi. 
Dars metodi:
izohli o’qish, mustaqil ish metodi, guruhlarda ishlash. 


265 
Darsning jihozi:
qog’oz, flomaster, yelim, qisqich, qaychi, mikrotestlar, 
akvarium, baliqlar, rag’batlantirish uchun jetonlar. 
Sinf sharoiti.
O’qituvchi turli usullar bilan o’quvchilarni guruhlarga ajratadi. 
Sinfdagi partalar doira shaklida qo’yib chiqiladi. 
Tashkiliy qism.
Sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linib o’tiradilar. O’qituvchi 
guruhlar bilimi teng bo’lishi uchun qizil, ko’k, oq, yashil, sariq rangli doirachalardan 
foydalanishi mumkin. Bir xil rangdagi doira egalari bir guruhni tashkil etishi 
aytiladi. Har bir guruh o’ziga nom tanlaydi. Buning uchun o’quvchilarni darsga 
hozirlash, qiziqtirish, harakatga keltirish, mavzuni mustaqil anglab yetishlari uchun 
topishmoqlardan foydalanish lozim. 
– Topishmoqning javobini toping: 
Elakdan un elandi 
Supra unga belandi. 
(qor) 
− Qor qaysi faslda yog’adi? 
− O’ylang, bugun o’rganadigan yangi mavzu nima haqida ekan? 
Xattaxtaga bo’lim nomi − «Kumush qish» yoziladi. So’ng guruhga qish fasli 
bilan bog’liq holda nom tanlashlari mustaqil ish qilib beriladi. 
1-guruh «Qorparcha», 2-guruh «Ayozbobo», 3-guruh «Qorbobo», 4-guruh 
«Sumalak», 5-guruh «Qish» deb nomlanishi mumkin. Har bir guruh aozolari 
o’zlariga sardor saylaydi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin