234
O’qish darslarida o’qilayotgan asarning ongli o’zlashtirilishini ta’minlashda
o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur.
Boshlang`ich sinfda badiiy asarni tahlil qilishning metodik asoslari
Zamonaviy maktab oldiga qo’yilgan vazifalar,
kichik maktab yoshidagi
o’quvchilar umumiy rivojlanishining o’sganligi, psixologiya va xususiy metodika
sohasidagi yutuqlar sinfda o’qish mazmuni va o’qitish metodlariga o’zgartirish
kiritishni talab etmoqda. SHularga bog’liq holda badiiy asarnn tahlil qilish
metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon
qilish mashqlari kamaytirildi,
ijodiy va o’qilgan matn yuzasidan o’z fikrini bayon qilish ko’nikmasini o’stiradigan
mashqlar ko’paytirildi, asar qismlari ustida emas,
balki yaxlit asar ustida
ishlanadigan bo’ldi, asar g’oyasi va obrazlarini tushuntirishda o’quvchilarning
mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta’limda
texnika vositalaridan va ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan ko’proq
foydalanila boshlandi va h. k.
XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi
o’quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko’nikmalari belgilab berildi,
Итдан
қўрқиб
қочади
Ёнидаги
болаларни
туртади
Папкасининг
чанги билан синфга
кирмоқчи бўлади
Қўрқоқ
Зўравон
Одамдай-одамдай балиқларни
тутиб олганмиз
Дарсдан
кечикканда
«Далада
эдим» деб
ёлғон
гапирди
Командир
бўламан
Мақтанчоқ
Ёлғончи
Тозаликка риоя
қилмайди
Қодир
235
shuningdek, 1-4-sinflarda o’qish malakasiga qo’yilgan talablar ancha aniq ajratildi.
XX asrning 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga
yaqinlashtirilgan o’qish kitoblari yaratildi.
Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999
yil boshlang’ich ta’limning ham “Davlat ta’lim standarti” yaratildi, o’quv dasturlari
yangilandi. 2005- yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta’lim standartlari
va o’quv dasturlari qayta ko’rib chiqildi, “O’qish kitobi” darsliklari ham yangilandi.
O’zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzaeva, M. S.
Vasileva, V. G. Goretskiy, K. T. Golenkina, L. A, Gorbushina, M. I. Omorokova,
Ye. A. Nikitina, N. S. Rojdestvenskiylar, o’zbek olimlaridan A.Zunnunov,
K.Qosimova,
Q.Abdullaeva,
S.Matchonov,
M.Yusupov,
M.
Umarova,
X.G’ulomovalar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o’qish metodikasidan ijodiy
foydalanilmoqda.
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim
metodik shartlar asosida
tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini
shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq
o’qish malakalarini takomillashtirish topshirig’i ham hisoblanadi).
2. Asarning g’oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, syujet chizig’i,
kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarning shaxs sifatida
umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog’lanishli nutqining
o’sishi (lug’atining boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi.
3. O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish
asar mazmunini ongli idrok
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o’qishga o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit
haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning
samaarali vositasi sifatida qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo’lgan muhim omillardan biri uning
o’quvchilarga
Dostları ilə paylaş: