O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   416
hissiy ta’siri
dir. O’quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina 
qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil qilish 


236 
o’quvchida fikr qo’zg’atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan dalillarga 
to’g’ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik 
qimmati, badiiy go’zalligi ham alohida qayd qilib o’tiladi. 
O’qish darslarida o’quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata 
olish, yozuvchining hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani 
va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o’qish va asarni tahlil qilish 
malakasini hosil qilinadi. O’quvchilar adabiy ma’lumotlarni o’zlashtirish orqali 
badiiy asarning mazmuni, g’oyasi va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar. 
O’quvchilarning nutqini o’stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy 
tushunchalarni shakllantirish ham muhim o’rin tutadi. O’quvchilar adabiy 
tushunchalarni o’rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, 
uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. 
Boshlang’ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash, o’xshatish, 
jonlantirish, mubolag’a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal, she’r, doston, 
maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi. 
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o’quvchilarda o’z ona tiliga muhabbat hissi, 
badiiy asarni ongli o’qish ko’nikmasi o’stiriladi, asar g’oyasini chuqur idrok etishga 
zamin hozirlanadi, o’quvchilar nutqi rivojlantiriladi. 
Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, 
qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkir syujetliligi 
va xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o’qib bo’lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga 
alohida ahamiyat berish zarur. 
3-sinf «O’qish kitobi»da keltirilgan 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin