O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


“Nima uchun qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq lozimdur” dedi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   416
6. “Nima uchun qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq lozimdur” dedi 
Umarshayx? 
 6. Asarni rollarga bo`lib ifodali o`qish. 
 7. Rivoyatni to`liq qayta hikoyalash. 
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, 
darsda qanday usullarni qo’llash o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va 
ta`lim jarayoniga tatbiqi puxta ishlab chiqilishi lozim. 
O’qish malakalarining sifatlari va 
ularni takomillashtirish usullari 
Dastur talablarini to’liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, 
o’qish ko’nikmalarini to’g’ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur. 
O’qish ko’nikmalari savod o’rgatish jarayonida shakllanadi, o’qitishning keyingi 
bosqichlarida takomillashadi. 
O’qish malakalarining sifatlari
ga
 
badiiy asar matnini to’g’ri, tez, ongli va 
ifodali o’qish kiradi. O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari 
shakllantiriladi va takomillashtiriladi.
O’qish malakasining sifatlari o’zaro bog’liq bo’lib, ularning asosi 
ongli o’qish 
hisoblanadi. O’quvchi matnni tez va to’g’ri o’qisa-yu, anglab o’qimasa yoki uning 
tez o’qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to’g’ri o’qisa-yu, o’ta 
sekin o’qisa, nutq birliklari orasida to’xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda 
etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to’g’ri o’qish ongli o’qishga 
xizmat qiladi, to’g’ri, tez va ongli o’qish esa ifodali o’qishning asosi hisoblanadi.
O’qish malakalarini egallash maktabda o’qitiladigan barcha predmetlarni 
muvaffaqiyatli o’zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O’qish faoliyatning 
asosiy turi bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan 
rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o’qish 
malakalarini o’stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq 
ishlashni talab qiladi. 


225 
O’qish malakasini egallash ancha murakkab bo’lib, uni shakllantirish uzoq 
vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T. G. Yegorov o’zining «Ocherki psixologii 
obucheniya detey chteniyu» nomli asarida o’qish malakalarini shakllantirish 
jarayonini uch bosqichga ajratadi: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin