O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   416
Otni o’rganishda izchillik. 
Otni o’rganishga tayyorlov bosqichi savod
o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda o’quvchilar shaxs-narsalarni va 
ularning nomi bo’lgan so’zlarni farqlashga o’rganadilar, so’zning leksik ma`nosiga 
eotibor ko’proq qaratiladi, ma`nolarini hisobga olgan holda so’zlar (qushlar, meva 
va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko’nikmasi 
shakllantiriladi. So’zlarni leksik ma`nosi asosida guruhlash
 
mashqlari otlarni 
taqqoslash, o’xshash tomonlarini aniqlash, abstraktlashtirish ko’nikmasini o’stiradi. 
SHunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilar 
so’znnng aniq ma`nosini yetarli bilmaydilar, so’zning leksik ma`nosini bilish bilan 
birgalikda uning grammatik belgilarini ham o’zlashtirish zarur. 
Keyingi bosqichda otning leksik ma`nolari va grammatik belgilari ustida 
maxsus ishlanadi (
kim?
yoki 
nima?
so’rog’iga javob bo’lishi, shaxs, narsani 
bildirishi tushuntiriladi). O’quvchilar 
kim?
so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni 
nima?
so’rog’iga javob bo’lgan otlardan farqlashga o’rganadilar. Bu bosqichda ular so’z-
larni so’roq berish bilan farqlashni o’rganadilar, o’quvchilarda mavhum grammatik 
tafakkur o’sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko’nikmasi 
shakllana boradi. 
II sinfda otlarning leksik ma`nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi 
bilim chuqurlashtiriladi.
“Ot” tushunchasini shakllantirish uchun shu so’z turkumiga kiradigan otlarni 
asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo’lgan belgilarni, ularning 


464 
nutqimizdagi o’rnini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. SHu maqsadda mavzuni 
o’rganishga bag’ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan 
so’zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o’simliklar va hayvonlarni, tabiat 
hodisalarini, voqealarni bildiradigan so’zlar guruhlarga ajratiladi. SHu so’zlarning 
hammasi uchun umumiy bo’lgan belgilar aniqlanadi: bu so’zlar shaxs, narsalarni 
bildirib 
kim?
yoki 
nima?
so’rog’iga javob bo’ladi.
Dasturga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilarini sifat va boshqa so’z 
turkumlaridan yasalgan mavhum ma`nodagi (
yaxshilik, go’zallik, ishonch, sevinch,
o’kinch, qo’rqinch, tayanch
kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo 
matnda uchrasa va o’quvchilar qiziqib so’rasalar, otning bolalar o’rgangan belgilari 
asosida (
nima?
so’rog’iga javob bo’lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) 
tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko’rsatish uchun 
o’qituvchi o’qish kitobidan matn tanlab, o’quvchilarga matndagi otlarni topishni, 
so’ngra matnni shu so’zlarsiz o’qishni topshiradi. O’quvchilar matndagi otlarni 
tushirib qoldirib o’qiganda, matn mazmunini tushunib bo’lmasligini anglaydilar. 
Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o’rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu 
so’zlarsiz bir-birimizga o’z fikrimizni tushuntira olmaymiz. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin