476
olma –
qizil, shirin, yumaloq olma;
(qanday?)
ip –
uzun, ko’k ip.
Albatta, suhbat
asosida o’quvchilar olma, ip so’zlari
nima?
so’rog’iga javob bo’lib, predmet nomini
bildirishi,
qizil, shirin, yumaloq
kabi so’zlar
qanday?
so’rog’iga javob bo’lib,
predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O’qituvchi
atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu
belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (
Qanday
daraxt? –
Katta, chiroyli, sershox, ko’m-ko’k daraxt
.
Qanaqa
shkaf? –
Oynali, baland shkaf).
Xulosa chiqariladi:
qanday?, qanaqa?
so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar predmet
belgisini bildiradi.
O’quvchilar belgi bildirgan bunday so’zlarning
nutqimizdagi ahamiyatini
anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib,
avval sifatlarini tushirib
qoldirib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi.
Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so’zlardan
foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko’rgazma vositalar (predmetlar,
predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O’quvchilar
qanday?, qanaqa?
so’roqlariga javob bo’lgan (predmet belgisini
bildirgan) so’zlarni o’zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali
hisoblanadi: 1) so’roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so’zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so’zlardan gap tuzish; 3) matndan
kim?
yoki
nima?
so’rog’iga
javob bo’lgan so’zni va unga bog’langan
qanday?
va
qanaqa?
so’rog’iga
javob
bo’lgan so’zni tanlab (so’z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so’zlar va
rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Dostları ilə paylaş: