485
deyiladi. Somonning rangi sariq bo’lgani uchun maqolda ko’chma ma`noda – “sariq
rang“ ma`nosida qo’llangan.
Otlar
–day, -dek
qo’shimchalarini olib, rang ma`nosida qo’llangan, rang
o’xshatish yo’li bilan ifodalagan:
Baland ishkomlarga o’rmalab
chiqqan husayni, charos va boshqa xil tok
navdalarida katta-katta uzum boshlari
oltinday
tovlanar edi. (N. Maqsudiy. “O’qish
kitobi“. 3-sinf. 55-bet.)
“Oltinday“ so’zi “sariq, sap-sariq“ ma`nosida qo’llangan.
SHinelning yengida
poxol ham borday,
Bobomning yuzlari oqargan
qorday.
SHe’rda “qorday“ so’zi “oppoq“ ma`nosida qo’llagan.
O’zbek tilining rang bildiruvchi so’zlarga boyligi boshlang’ich sinf ona tili va
o’qish darsliklarida qo’llangan holatidan ham ma`lum. Rang bildiruvchi so’zlar
ustida olib borilgan lug’aviy ishlar o’quvchilarning mavzuga doir bilimlarini
mustahkamlash, kengaytirish
bilan birga, lug’at zahirasini boyitishga xizmat qiladi.
Ular ustida leksik mashqlarni maqsadga muvofiq tashkil etish o’qituvchidan ijodiy
izlanishni talab etadi.
SONNI O’RGANISH METODIKASI
Sonni o’rganish tizimi ham son haqidagi materialni leksik va grammatik
tomondan sinfdan-sinfga o’tgan sayin boyitib, murakkablashtirib borishni nazarda
tutadi.
Boshlang’ich ta`limda son uch yo’nalishda o’rganiladi:
1. Sonlarning talaffuzi va ma`nosi ustida ishlash.
2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash.
Son boshlang’ich sinflarda quyidagi izchillikda o’rganiladi:
– 2-sinfda nechta?, qancha? so’roqlariga javob bo’lib,
shaxs va narsaning
sanog’ini, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi;
486
– 3-sinfda “Son – so’z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O’quvchilarda son
predmetning miqdorini bildirishini otga bog’lanib kelishi yordamida aniqlash
ko’nikmasi o’stiriladi. Bularni o’rganishda sonning leksik xususiyatlariga
asoslaniladi. Sonning leksik ma`nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo
etadi.
– 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari
bilan
yozilishi, qo’sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning
(ikkov, o’ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so’m,
tiyin so’zlari bilan qo’llanishi va shu so’z bilan bitta so’roqqa javob bo’lishi
o’rganiladi. Oldingi sonlarning otga bog’lanishi, so’roqlar yordamida sonni o’zi
bog’langan so’z bilan ko’chirish ko’nikmalari o’stiriladi.
SHunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati uni leksik va
grammatik aspektda o’rganishni taqozo etadi. Son grammatika va imlo o’qitishdagi
suhbat
metodida, yarim izlanishli muammoli metodda, analitik (tahlil), sintetik
(tarkib), induktiv metodlarda o’rganiladi. Bu metodlar
son yuzasidan beriladigan
tushunchalarning mohiyatiga, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq holda
tanlanadi. Agar o’quvchi son haqida ma`lum darajada bilimga ega bo’lsa, yarim
izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola son haqida umuman
tushunchaga ega bo’lmasa, induktiv va analiz metodlaridan foydalaniladi.
“Son” ustida ishlash dastur talabiga ko’ra 1-sinfdan boshlansa ham, uni
o’rganish
jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo’linadi. “Son” boshlang’ich
ta`limda elementar nazariy tushunchalar asosida amaliy o’rganiladi. Lekin
Dostları ilə paylaş: