O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   416
1-
bosqich
ni to’liq ma`noda sonni amaliy o’rganish bosqichi deb nomlaymiz. CHunki 
bu bosqichda umuman nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod
o’rgatish va 1-sinfning 2-yarmiga to’g’ri keladi. Bu bosqich soni o’rganuvchi 
keyingi bosqichlarga zamin tayyorlaydi.
Ma`lumki, savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilan kundalik ishlar, rasmlar, 
predmetlar, mavzular yuzasidan og’zaki savol-javoblar o’tkaziladi. Masalan: 

Bugun nechanchi sana?, Biz nechanchi asrda yashayapmiz?, Bu yil nechanchi yil?, 
Darsga nechta o’quvchi kelmadi?, Bir yil necha faslga bo’linadi?, Yilning birinchi 


487 
fasli qaysi?” 
yoki mantiqiy mashqlar ishlash bilan bog’liq holda: “
Xonadoningizda 
nechta uy hayvoni bor?, Nechta yovvoyi hayvon nomini bilasiz?” 
kabi. 
Mavzular bilan bog’liq holda, “Oila” mavzusida: 
“Oilangizda nechta kishi 
yashaydi?, Nechta akangiz (yo ukangiz, yoki opa-singlingiz) bor?, Siz oilada 
nechanchi farzandsiz?, Nechanchi yilda tug’ilgansiz?, Hozir nechanchi sinfda 
o’qiyapsiz?”
yoki 
O
tovushi va 
O o
harfi bilan tanishtirishda: 
Osmonda nechta oy 
bor?, Nechta yulduz bor? 
(Bolani o’ylashga majbur qiladi), 
Nechta yulduzning 
nomini bilasiz?”
kabi.
1-sinfning ikkinchi yarmida mashq ishlash paytida 
“Gapda nechta 
kim?
 
so’rog’iga javob bo’lgan so’z bor?, Nechta unli bor?, Nechta undosh bor?, Berilgan 
so’z nechta bo’g’inga bo’linadi?”
kabi savollarga javob olinadi. 
Bu bosqichda aralash berilgan so’zlardan gap tuzdirish, mashq matnidan gaplar 
sonini, gapda so’zlar sonini, so’zdagi bo’g’in yoki tovush sonini aniqlatish, baozan 
tahlilni yozma tarzda bajarish (5 ta unli bor, beshta bo’g’in bor) kabi mashq turlari 
qo’llaniladi. Bunda 
“Predmet (nomi)ga bog’lanib kelgan so’zga so’roq berib ko’r-
chi?, U nimani bildiryapti?”
kabi savollardan foydalaniladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin