483
Qo’shimcha topshiriq.Matnni qayta o’qing. SHu birikma qo’llangan jumlani
toping.
-Tol kurtaklari yorilib, undan bo’z momiq g’unchalar chiqadi.
O’ylang. Jumladagi
“bo’z momiq“
birikmasining ma`nosini doskadagi qaysi
ma`nolar orqali izohlash mumkin?
-“bo’z momiq“
– “yumshoq oq rangdagi“ degan ma`noni bildiradi. Bu
ishlarimiz o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.
Oq
rang ketib, bo’z
yerni
alvon
rang qopladi.
Dala-tuz, tog’, o’nqir, past-
baland qirlar ko’k va
alvon
rangga ko’milib burkandi. (Yu.X.Hojib. “O’qish kitobi“.
4-sinf. 236-bet.) –
gapida
“alvon“
arabcha so’z bo’lib “qizil, qip-qizil, qirmizi“ rang
ma`nosini bildiradi.
Rang bildiruvchi so’zlarning ramziy ma`noda qo’llangan holatlariga o’quvchilar
diqqati qaratilsa, ular matndan anglashilgan ma`noni to’g’ri anglaydilar. Masalan,
“O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i“ matni (3-sinf) o’rganilayotganda,
“Matndan rang bildiruvchi sifatlarni toping. Ular qanday rang ma`nosini bildiradi?
Ular matnda qanday ma`noda qo’llangan?“, “Havo ochiq paytida osmonni kuzating.
Ana shu paytda osmon qanday rangda bo’ladi?“ tarzidagi o’quv
topshiriqlari
o’quvchilarni izlanishga undaydi. (O’quvchilar “oq“ rang“ - “muqaddas
tinchlik
ramzi“, “moviy“ rang - “tabiatning yangilanish ramzi“, “qizil“ (chiziqlar) –
“vujudimizdagi jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi“degan
javobni tayyorlaydilar.)
Ma`lumki, sifatlar o’z ma`nosidan tashqari ko’chma ma`nolarda ham
qo’llanadi.Bu holatni rang bildiruvchi “oq“ va “qora“ sifatlarda ham ko’ramiz.
Masalan, Katalakday
tor va zax uylarda odamlar
Dostları ilə paylaş: