O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə302/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   416
Fe’lni o’rganishda izchillik.
1-sinfda fe’l ustida ishlash.
Fe’l ustida ishlashga 
tayyorgarlik savodga o’rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning 
diqqati fe’lning leksik ma`nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik 
ma`nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma`noni, 
yaoni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq 
material yig’iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi so’z va mashqlarni 
o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog’lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi 
o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, so’z nimani bildirishini 
va qanday so’roqqa javob bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. 
Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni 
ko’rib, gapni mazmunga mos so’zlar bilan to’ldiradilar: 
Kuzda mevalar
nima 
qiladi?... (pishadi), 
sabzavotlar
nima qiladi?... (etiladi), 
daraxt barglari
nima 
qiladi?... (sarg’ayadi). 
Bolalar
nima 
qilyaptilar?... 
(dam 
olyaptilar), 
...(o’ynayaptilar), ... (ishlayaptilar). 
Fe’lni o’rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so’zlar 
mavzusini o’rganishdan boshlanadi (1-sinf, o’quv yilining 2-yarmi). Fe’l leksik 
ma`nosi bilan grammatik ma`nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) 
yugurayapti, arralayapti, sakrayapti,
(nima qildi?) 
yugurdi, arraladi, sakradi,


494 
(nima qiladi?) 
yuguradi, arralaydi, sakraydi
kabi misollardan foydalanish bilan, 
o’quvchilar o’zlari bajargan harakatlarni aytishni so’rab, ular bergan javobini 
(fe’lni) so’roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat o’tkazish bilan 
tushuntiriladi. O’quvchilarni so’roq berish bilan holat bildiradigan 
uxlayapti, 
o’ynayapti, faxrlanadi
kabi fe’llarni ham tanlashga o’rgatib borish muhim 
ahamiyatga ega.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin