bo’lishli fe’llar
deyiladi. Ayrim fe’llar harakatning
496
bajarilmaganligini
(o’qimadi, so’zlamadi)
, hozir bajarilmayotganini
(o’qimayapti),
keyin ham bajarilmasligini
(bormaydi)
bildiradi. Bunday fe’llar
bo’lishsiz fe’llar
deyiladi.
O’quvchilar bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni so’roqlari bilan ikki ustun
shaklida yozadilar va so’roqlarini bo’lishsiz fe’l qanday hosil bo’lganini aytadilar.
O’quvchilar bilimi mashqlar bilan mustahkamlanadi, bo’lishsizlik qo’shimchasi
-ma
-mi
shaklida talaffuz qilinsa ham, doim aslicha
-ma
shaklida yozilishi
tushuntiriladi. O’quvchilarda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni ma`nolariga qarab
farqlash ko’nikmasini o’stirish uchun bo’lishli fe’ldan bo’lishsiz fe’l hosil qilish,
bo’lishsiz fe’llarning talaffuzi va yozilishini qiyoslash, bo’lishsiz fe’llar bilan gaplar
tuzish mashqlaridan foydalaniladi.
4-sinfda fe’lni o’rganish.
Bu sinfda fe’lni o’rganishning vazifalari quyidagilar:
1. Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo’shimchasi bilan
o’zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko’nikma hosil qilish; fe’lning
leksik ma`nolari, bo’lishli va bo’lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni
chuqurlashtirish.
2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. SHu
maqsadda nutqda ma`nodosh va zid ma`noli fe’llardan matn bilan bog’liq holda o’z
va ko’chma ma`noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan
mashqlardan foydalanish.
3. Zamon qo’shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko’nikmani hosil
qilish.
4. Qo’shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani
berish va dastlabki ko’nikmani hosil qilish hisoblanadi.
Fe’l zamoni shaklining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, yaoni ish-
harakatning nutq so’zlanib turgan paytda, undan oldin va keyin bajarilishini
taqqoslash asosida ochiladi. O’quvchilar o’zlari bajargan yoki bajarayotgan
harakatlarini kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama qiladilar.
Xuddi shunga o’xshash kuzatishni tabiatda bo’layotgan o’zgarishlar yuzasidan ham
o’tkazadilar. Bu mavzu bahorda o’tiladi. SHuning uchun o’quvchilar kuzatish asosida
497
“Bahor keldi. O’rik, olcha gulladi. Gullar ochilyapti. Endi gilos pishadi. Bahordan
so’ng yoz keladi. Yozda bolalar lagerga bormoqchi”
kabi gaplar tuzadilar. Gapdagi
fe’llarga so’roq berib, ish-harakatning bajarilish payti, yaoni ish-harakat
bajarilayotganini (
nima qilyapti?
– o’qiyapti, ochilyapti), oldin bajarilganini (
nima
qildi?
– o’qidi, keldi, gulladi) va keyin bajarilishi (
nima qilmoqchi?
–
yodlamoqchi, bormoqchi) aniqlanadi. Aniq kuzatish asosida yig’ilgan bu leksik
materiallar o’qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi:
1.Fe’llar zamon bilan o’zgaradi
.
Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon,
o’tgan zamon, kelasi zamon.
2. Hozirgi zamon fe’llari
nima qilyapti?
so’rog’iga javob bo’ladi, hozirning
o’zida, yaoni nutq so’zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi.
Z. O’tgan zamon fe’li
nima qildi?
so’rog’iga javob bo’ladi, harakatning oldin,
yaoni nutq so’zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi.
4. Kelasi zamon fe’li
nima qilmoqchi?
so’rog’iga javob bo’ladi, harakatning
keyin, yaoni nutq so’zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. Boshlang’ich
sinf o’quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan savoldan bilib oladilar.
So’rokdan uning leksik ma`nosi ham bilinib turadi.
Fe’lnimg zamon shaklini yasash va bilib olish uchun o’quvchilarni so’roqlardan
to’g’ri foydalanishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish
uchun avval jamoaviy ravishda ishlanadi va o’quvchilar eotibori so’roq bilan fe’l
zamonining bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon shaklini hosil qilish
uchun fe’lning II shaxs birlik shakli asos qilib olinadi (Boshlang’ich sinflarda fe’lning
bosh shakli o’rganilmaydi). Fe’lga so’roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi.
Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe’lning zamon
kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. SHuning uchun “Fe’l”
mavzusini o’rganish jarayonida fe’lni zamon qo’shimchasi bilan o’zgartirish mashqi
muntazam o’tkazib boriladi.
O’quvchilarni fe’l zamonlarini ongli qo’llashga o’rgatish maqsadida matnlardan
foydalaniladi. Bunda fe’l zamonini aniqlash va biror fe’l shaklidan foydalanishni
498
asoslash, shuningdek, fe’l zamonini o’zgartirish, fe’llarni muayyan bir zamonda
ishlatib hikoya tuzish topshiriladi.
Dasturga ko’ra, bu sinfda fe’llarda shaxs-son haqida tushuncha beriladi.
O’quvchilarda o’zbek tilida 3 shaxs: so’zlovchi (1-shaxs), tinglovchi (2-shaxs), o’zga
(3-shaxs) mavjudligi haqidagi dastlabki ko’nikma “Otlarning egalik qo’shimchalari
bilan o’zgarishi” va “Kishilik olmoshlari” mavzulari o’rganilayotganda hosil qilingan.
“Fe’llarda shaxs-son” mavzusi shu ko’nikmaga asoslangan holda tushuntiriladi.
Suhbat asosida kishilik olmoshlari 3 shaxsni, birlik va ko’plikni bildirishi
eslatilgach, o’quvchilarga men olmoshini qatnashtirib gap tuzish topshiriladi. Ular
tuzgan gap o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi
(Men kitobni o’qidim)
. O’quvchilar
men
1-shaxs birlikdagi kishilik olmoshi ekanini aytadilar;
o’qidim
fe’lini so’z
tarkibiga ko’ra tahlil qilib,
o’qi
– asos,
-di
– o’tgan zamon qo’shimchasi,
-m
ham
qo’shimcha ekanini aniqlaydilar. O’qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: ish-
harakat so’zlovchi (1-shaxs), tinglovchi (2-shaxs), o’zga (3-shaxs) tomonidan
bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-harakat yakka (bir) yoki bir necha shaxs
tomonidan bajarilishi ham mumkin. Fe’llarga qo’shilib, ish-harakatni bajargan
shaxsni va sonni (ko’plik va birlikni) ham bildiradigan qo’shimchalar bor.
Masalan,
o’qidim
fe’lidagi
-m
qo’shimchasi shunday ma`noni bildiradi, u shaxs-
son qo’shimchasidir. CHunki
-m
o’qish harakatini bajargan shaxsni (1-shaxsni)
va sonini (bir kishi bajarganini) bildiryapti, yaoni ham shaxsni, ham sonni
ifodalayapti. O’qituvchi (xattaxtaga yozilgan gaplarni ko’rsatib) “Nuqtalar o’rniga
gapning mazmuniga mos bo’lgan fe’llarning shaxs-son qo’shimchasini topib qo’yib,
gaplarni o’qish” vazifasini beradi. Mashq o’qituvchi rahbarligida birgalikda
bajariladi.
Suhbat asosida xulosa chiqariladi:
Fe’llar shaxs-son qo’shimchalari bilan
o’zgaradi. SHaxs-son qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridan keyin qo’shiladi.
Fe’llarda shaxs-son haqidagi ko’nikmani shakllantirish uchun mazmunga mos
shaxs-son qo’shimchalarini qo’yish, berilgan fe’llarni hozirgi, o’tgan, kelasi zamonda
shaxs-son qo’shimchasi bilan tuslash, fe’llarni so’z turkumi jihatdan tahlil qilish
mashqlaridan foydalaniladi.
499
Bu sinfda fe’llarning yozilishi haqida ham ko’nikma hosil qilinadi. Mavzuni
tushuntirish uchun fe’llar ko’proq bo’lgan matn tanlanib, matnni o’qish, so’roq berib
fe’llarni topish va qanday yozilganini aytish topshiriladi. O’quvchilar o’qituvchi
rahbarligida vazifani bajaradilar.
Dostları ilə paylaş: |