491
Nima? - ko’chat
Nima? - hosil
Nima?
- yil
Bu savol-javob yangi materialni ongli o’zlashtirishga o’quvchini tayyorlaydi.
2. O’quvchilarga bajariladigan ishlarning maqsadi e’lon qilinadi:
– Biz siz bilan gapdagi so’zlarga so’roq berishni va shu so’zning nimani
bildirishini bilib oldik. Biz tahlil qilgan gaplarda baozi so’zlar qolib ketdi. Bu darsda
biz shu so’zlarga so’roq berib, nimani bildirishini aniqlaymiz (
“uchinchi”
so’zining
tagiga chizib ko’rsatiladi, qolgan so’zlarni ham keyin o’rganishlari aytiladi).
3. Yangi grammatik materialni tushuntirish.
Yangi
material tanlangan
gaplarni grammatik tahlil qilish va xulosa chiqarish yo’li bilan tushuntiriladi.
Tushuntirish izchil olib boriladigan ikkita ishdan iborat:
A.matn (ichki) tahlili:
agar mavzu keng tushuntirishni taqozo etmasa, birinchi
misolni tahlil qilish bilanoq xulosa aytib qo’ya qolinadi. Sanoq va tartib bildirgan
so’zlar xuddi shunga to’g’ri keladi.
Keng va bir qancha muhim belgilarga ega bo’lgan grammatik material
tushuntirilsa, unda bir
nechta misol tahlil qilingach, xulosa chiqariladi (so’z
o’zgartiruvchi qo’shimchalar, asosdosh so’zlar).
Sinf xattaxtasidagi misol yoniga yana gaplar yoziladi:
“Ekilgan tokdan yuz
kilogrammgacha uzum hosili olinadi”
.
O’qituvchi: –
Birinchi gapda yil so’zi orqali uchinchi so’ziga so’roq bering
(nechanchi yili?).
“Uchinchi” so’zi qaysi so’roqqa javob bo’lyapti?
(nechanchi?)
Yilning nimasini bildiryapti? Belgisini bildiryapti-mi?
(yo’q).
Bolalar javob berolmaydi.
O’qituvchi sinf xattaxtasiga quyidagi birikmalarni yozadi:
birinchi yili
uchinchi yili
ikkinchi yili
492
–
Tartib bo’yicha qaysi oldin turadi?
(1)
birinchi yili; 2) ikkinchi yili; 3)
uchinchi yili)
Ko’rdingizmi,
1-, 2-, 3-
yilning, narsaning (predmetning) tartibini
bildiryapti.
– Siz nechanchi sinfda o’qiysiz?
(2-sinfda)
– Siz qaysi sinfdan keyin turasiz?
(1-sinfdan)
Bu jarayonda stol ustiga predmetlarni qo’yib, ularning tartibini aniqlatish
mumkin.
Bu so’zlar narsalarning tartibini bildirib, nechanchi? so’rog’iga javob bo’ladi,
narsa, shaxs bildirgan so’zlarga bog’lanib keladi:
Strelka bilan ko’rsatiladi:
Dostları ilə paylaş: