488
2. Ajratib ko’rsatilgan so’zga so’roq bering, nimani bildirishini ayting.
3. Sanoq (yoki tartib) bildirgan so’zlarni nechta?, qancha? (nechanchi?)
so’roqlari yordamida aniqlang.
4. Sanoq bildirgan so’zlarni so’roqlar yordamida aniqlang.
5. Nuqtalar o’rniga so’roqlarga mos so’z qo’yib o’qing.
6. Rasm asosida (matnni qayta hikoyalash asosidA.bog’lanishli nutq tuzing.
Unda sanoq, tartib bildiruvchi so’zlardan foydalaning.
Mashqda qo’llanilgan sonlarning talaffuzi, imlosi va ma`nosi ustida ishlanadi.
Ko’rinib turibdiki, mashq shartlari soddadan murakkabga tamoyiliga asoslangan.
3-bosqich
da (3-sinf) “Son” tushunchasini shakllantirish hamda o’quvchilar
nutqini yangi sonlar bilan boyitib borish, fikrini aniq ifodalash uchun gap va matn
mazmuniga
mos sonlar tanlash, ularni o’rinli qo’llash ko’nikmasi o’stiriladi.
“Son” tushunchasini shakllantirish o’quvchilarning
shaxs va narsalarning
sanog’ini, tartibini bildirgan so’zlar kategoriyalarini o’zlashtirish sifatiga bog’liq.
O’quvchilar bilimini yetarli darajaga keltirish maqsadida sonlar ishtirok etgan
gaplar
asosida kuzatish,
aniqlash, guruhlash va umumlashtirish
faoliyati ishga
solinadi. Masalan:
“Maorifat xonasiga o’quvchilar keldilar. Ikkita o’quvchi 2-sinfda
o’qiydi. 4 ta o’quvchi 3-sinfda o’qiydi”.
O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i
asosida
ikkita
(nechta?),
to’rtta
(nechta?) so’zlari sanoq,
ikkinchi, uchinchi
(nechanchi?) so’zlari tartib.
bildirayotganini aniqlaydilar va ularni guruhlaydilar (sanoq bildiruvchi so’zlar,
tartib bildiruvchi so’zlar). SHuning ichida umumlashtirish ham amalga oshiriladi.
Sonning leksik ma`nolari bilan uning grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi:
narsa, shaxs bildirgan so’zlarga bog’lanib keladi, tartib bildirgan so’z
Dostları ilə paylaş: