sog’inmoq, qumsamoq, ichikmoq,
qayg’urmoq, qiynalmoq, toliqmoq, azoblanmoq, afsuslanmoq, siqilmoq, ranjimoq,
alam qilmoq, ozor chekmoq, alam chekmoq, tashvishlanmoq, ozor bermoq
kabi.
2.Yaxshi ruhiy holatni ifodalovchi fe’llar:
shodlanmoq, sevinmoq, quvonmoq,
tantana qilmoq, g’alaba qilmoq
kabi.
3. Hayajonli holatni ifodalovchi fe’llar:
to’lqinlanmoq, hayajonlanmoq,
hayajonga solmoq, bezovtalanmoq, urintirmoq, ovora qilmoq, ranjitmoq,
501
tashvishlanmoq,
xavotirlanmoq,
havotirga
solmoq,
hayron
qoldirmoq,
hayratlanmoq, to’lqinlanmoq, hovliqtirmoq, achchiqlantirmoq, achchiqlanmoq.
4. Ishonchli, dadil holatni ifodalovchi fe’llar:
dadillanmoq, jonlantirmoq,
jonlanmoq, qizimoq, g’ayratlantirmoq, ruhlantirmoq, ovutmoq, tinchlantirmoq,
ovunmoq, tinchlanmoq, tinchitmoq, hotirjam bo’lmoq, juo’at qilmoq
kabi.
5. O’ziga ishonchsizlik holatini ifodalovchi fe’llar:
qo’rqmoq, xadiksiramoq,
cho’chimoq, hurkmoq, nomus qilmoq, hijolat tortmoq.
6. Hayron qolish, ajablanish holatini ifodalovchi fe’llar:
ajablanmoq,
hayron bo’lmoq, hayratda qoldirmoq.
7. Ijobiy munosabatni ifodalovchi fe’llar:
sevmoq, hurmat qilmoq, zavqlanmoq,
maftun bo’lmoq, qoyil qolmoq, shodlanmoq, zavq bilan qaramoq, ulug’lamoq,
izzatlamoq, hurmatlamoq, erkalamoq, suymoq, silamoq, mehribonlik qilmoq..
8. Salbiy munosabat bildiruvchi fe’llar:
nafratlanmoq, yomon ko’rmoq,
achchiqlanmoq, jahli chiqmoq,, g’azablanmoq, bo’g’ilmoq, achchig’ini keltirmoq,
achchiqlantirmoq, g’azablantirmoq, qahrlanmoq.
9. O’zgalarning kechinmalarini his qilish holatini ifodalovchi fe’llar:
istamoq,
xohlamoq, ayamoq, achinmoq, tilamoq, rahm qilmoq, yoqlamoq, maoqullamoq,
hamdard bo’lmoq..
Yuqoridagi fe’llar guruhi jadvalga solinib sinfga ilib qo’yildi. Bu fe’llarni
o’quvchilar nutqiga kiritish uchun 4-sinfda husnixat darslarida yozilishi
rejalashtirilgan harflar Bilan bog’liq holda holat bildiruvchi fe’llar yuzasidan
quyidagicha topshiriqlar ishlab chiqdik:
1.
n,m.r harflarini daftaringizga husnixat bilan yozing.
2.
Bu harflar qaysi tovushlarni ifodalaydi?
3.Fe’llar jadvalidan shu harflar ishtirok etgan so’zlarni topib yozing.
O’quvchilar
ranjitmoq, ranjimoq, achinmoq, hayron qoldirmoq
mamnun bo’lmoq,
quvonmoq
kabi fe’llarni yozib oldilar.
4.Bu fe’llar qanday holatni bildiryapti? (O’quvchilar jadvalga qarab aytadilar.)
5.Siz o’qigan qaysi asar qahramonida shunday holat bo’lgan? O’quvchilar
Normurod Norqobilovning “Xarita“ asarida Samad va Rasul bo’lgan. Rasul
502
Samadni ranjitadi. Keyin o’zi uni hayron qoldirmoqchi bo’ladi. Xaritani chizgach
quvonadi.
6.
Ranjidi
va
ranjitdi
fe’llarining ma`nosidagi farqni ayting.(Ranjidi – bir odam
boshqa odamdan ranjiydi, xafa bo’ladi. Ranjitdi – bir odam boshqa odamni xafa
qiladi, ranjitadi.)
-Odamlar qaysi holatlarda boshqalardan ranjiydi? (….)
-
Havotirlanmoq, mamnun bo’lmoq, achinmoq, quvonmoq
fe’llari qaysi
asardagi qahramonlarning holatini ifodalaydi?
-“SHoira“ hikoyasidagi SHoira va uning onasini taoriflashda ishlatish mumkin.
SHoirda o’rtog’iga achinadi.Unga uy ishlarida yordamlashadi. Onasi ishdan kelsa,
SHoira uyda yo’q bo’ladi. Onasi xavotirlanadi. SHoiraning o’rtog’iga
yordamlashganini ko’rib quvonadi, qizidan mamnun bo’ladi.
Q harfi yozilishi rejalashtirilgan husnixat darsida ko’yidagi kabi ish turidan
foydalanildi. O’quvchilarga qiynamoq va qiynalmoq fe’llari yozilgan kartochka
ko’rsatildi va quyidagi topshiriqlar berildi:
1. Bu so’zlar fe’llarning qaysi guruhiga kiradi? (Yomon holatni bildiruvchi fe’llar)
2. Bu ikki fe’lning ma`nosidagi farqni izohli lug’atdan topib ayting?
-
Dostları ilə paylaş: |