O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   416
 
Bunday
 
mashqlar o’quvchilarda predmet harakatini keng 
ma`noda tushunish ko’nikmasining shakllana borishiga yordam beradi. 
Dastur o’quvchilarda so’zlarga so’roq berib, ularni bir-biridan farqlash 
ko’nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi fe’lning 
har xil shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar o’tkazadi. 
Nima?
so’rog’iga javob bo’lgan so’z bilan 
nima qildi?
(Nima qilyapti? Nima qiladi?)
so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar taqqoslanadi: nima? so’rog’iga javob bo’lgan 
so’zlar guruhi predmetni bildirishi, nima qildi? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar 
esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni 
ajratishga o’rgatadi, ularning nutqda bir-biriga ta`sir etishini aniqlashga imkon 
beradi. 
Fe’lga so’roq berishga o’rgatish yuzaki bo’lmasligi, o’quvchilar harakat bir 
kishi tomonidan bajarilsa, 
nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi?
so’roqlarini, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, 
nima qildilar?, nima 
qilyaptilar?, nima qilmoqchilar?
so’roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday 
so’roqlarga javob berishga o’rgatish o’z navbatida, fe’l zamonlarini 
o’rganishga tayyorlash demakdir. 
1-sinfda morfologik so’roq so’z nimani bildirishini aniqlash maqsadida 
beriladi. O’quvchilarni so’zga so’roq berishga, o’qituvchi bergan so’rog’iga 
javob bo’ladigan so’zlarni tanlashga, so’zni so’roqqa mos ravishda 
o’zgartirishga (
nima qildi?
– o’qidi, 
nima qilamiz?
– o’qiymiz, 
nima qilmoqchi?
– o’qimoqchi kabi) o’rgatiladi. 
2-3-sinflarda fe’lni o’rganish. 
Bu bosqichning asosiy vazifasi “fe’l – so’z 
turkumi” degan tushunchani shakllantirish, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarning 


495 
ma`nosi va shakliga qarab farqlash ko’nikmasini hosil qilish, bo’lishsizlik 
qo’shimchasi (-mA.ning talaffuzi va imlosini o’rgatish hisoblanadi. 
Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o’quvchilarda aniq tasavvur hosil 
qilish uchun o’qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, yaoni 
o’quvchilarning o’zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishni so’raydi, suhbat 
o’tkazadi. Suhbatda 
“O’qituvchi nima qildi? O’quvchilar nima qildilar? 
Hozir o’qituvchi nima qilyapti? O’quvchilar nima qilyaptilar? Endi 
o’quvchilar nima qiladilar? O’qituvchi nima qiladi?”
kabi savollardan ham 
foydalanadi. Suhbat jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida fe’llarni 
so’rog’i bilan yozib boradilar. Masalan, 
nima qildi?
– so’zladi, tushuntirdi; 
nima 
qildilar?
– tingladilar, yozdilar;
nima qilyapti?
– tushuntirayapti, so’rayapti, 
tinglayapti; 
nima qilayaptilar?
javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; 
nima qiladi?
tekshiradi, ko’radi; 
nima qiladilar?
– ishlaydilar, bajaradilar, 
yozadilar.
 
Suhbatdagi yoki o’quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo’lagi jihatdan tahlil 
qilish asosida xulosa chiqariladi: 
nima qildi? nima qilayapti? nima qiladi? 
kabi 
so’roqlarga javob bo’lib, predmet harakatini bildirgan so’zlar 
fe’l
deyiladi. Fe’l 
gapda kesim vazifasida keladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarda ko’nikma hosil qilish uchun so’roq berib fe’lni 
aniqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab qo’yish, aralash berilgan so’zlardan, 
shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. 
Dasturga ko’ra, 3-sinfda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar o’rganiladi. Mavzu suhbat 
asosida tushuntiriladi. Suhbat uchun 
“O’qish darsida kimlar o’qidi?, SHokir ham 
o’qidimi?, Kim so’zladi?, Alisher so’zladimi?, Barno kutubxonaga boradimi?, Abdulla-
chi?, U qachon bormoqchi?, Hozir kim tushuntirayapti?, Hozir Tohir 
gapiryaptimi?”
kabi savollardan ham foydalaniladi. O’quvchilar so’roq berib fe’llarni 
topadilar, ma`nosini qiyoslaydilar va o’qituvchi rahbarligida tushuntiradilar. 
Xulosa chiqariladi: fe’l harakatning yuzaga chiqqanini, yaoni bajarilganligini 
(o’qidi, so’zladi)
, hozir bajarilayotganini 
(tushuntirayapti)
, endi bajarilishini 
(boradi, 
o’qiydi) 
bildiradi. Bu fe’llar 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin