“zangori, zumrad, malla, jigarrang, yo’l-yo’l,
qo’ng’ir, lojuvard, bo’z, alvon, malla-lojuvard, nimrang, olachipor, ola-zangor,
targ’il, chipor, moviy,ola-bula,moshrang, sarg’ish-ko’kish“
kabi rang bildiruvchi
sifatlar qo’llanganki, ularning ma`nosini o’quvchilardan so’raganimizda aniq aytib
bera olmadilar.
Zumrad,
yashil yaproqlar
SHovullaydi bog’larda.
(Q.Ota. 1-sinf, “Ona tili“, 67- bet)
Osmon tiniq,
zangori,
Kulgan yurtim jamoli.
(H.Rahmat. 1-sinf, “Ona tili“, 11- bet)
Usti
yo’l-yo’l
, sariq, ko’k,
Beqasamga o’xshaydi.
(G’.G’ulom. 2-sinf, “Ona tili“, 98- bet)
Barglarning umri qisqa ekan. Kuz kelishi bilan
qo’ng’ir
tusga kirib, daydi
shamolning hamlasiga dosh berolmay to’kilisharkan. (L.Mahmudov. “Ona tili“. 4-
480
sinf. 116-bet.)Yuqoridagi misollarda o’quvchilar ma`nosini bilmaydigan
“zumrad,
zangori, yo’l-yo’l“
rang bildiruvchi sifatlar qo’llangan Ularning ma`nosini
o’quvchilar qaytarzda tushunganliklari aniqlanishi va tushuntirilishi zarur.
“Zumrad“
– “och yashil tusli tosh“, she’rda daraxt yaproqlarining rangini “och
yashil tusli yaproqlar“ni bildirib kelgan.
“Zangori“
– yashil bilan ko’k o’rtasidagi rang, och havorang“ ma`nosini
bildiradi.
“Yo’l-yo’l“
– “oq-qora va boshqa chiziqli rang“ ma`nosini bildiradi.
“Qo’ng’ir“
– “qora-sariq rang“, “to’q mala“, “qoramtir“, “to’q kulrang“
ma`nosini bildiradi. (Qo’ng’ir“ – to’q jigarrang o’rdak nomi)
Yuqoridagi kabi rang bildiruvchi sifatlar ma`nosi boshlang’ich sinfda izohlashni
va ulardan foydalanishga o’rgatishni taqozo etadi.Rang bildiruvchi sifatlarning
ma`nosini rang ko’rinishi orqali ko’rsatish va rang nomini aytib, aralash berilgan
rangli qog’ozlar ichidan topib ko’satish, shu rangdagi narsalarni: hayvonlar, qushlar,
o’simliklar va boshqa narsalarni topib aytish, tasvirlab berish kabi ish turlari yaxshi
samara beradi.
O’quvchilarning diqqatini rang bildiruvchi sifatlarga qaratishda, ularning
nutqdagi ahamiyatini anglatishda topishmoq janri juda qo’l keladi. CHunki uning
javobini topishda rang bildiruvchi sifatlar yordam beradi. Masalan:
Ko’ylagi qavat-qavat
Tugmalari yo’q faqat.
Ustida
yashil
to’ni,
Yoz-u qish yechcmas uni.
3-sinf “O’qish kitobi“da bunday rang bildiruvchi so’zlar juda ko’p uchraydi.
O’qituvchi asar matni ustida ishlaganda, “Matndan rang bildiruvchi so’z(sifat)larni
toping. Uning qanday rang ma`nosini bildirayotganini ayting“ kabi topshiriqlar
asosida rang bildiruvchi sifatlar ustida mustaqil ishlarni tashkil etishni yuqoridagi
maqsadni amalga oshirishda yaxshi samara beradi. Mazkur darslikdagi misollarga
murojaat qilamiz:
Gul-loladay tojlari
481
Qayrilib qoshga tushgan.
Yurishar gala-gala,
Oq ,
Dostları ilə paylaş: |