475
SIFATNI O’RGANISH METODIKASI
Sifatni o’rganih tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan
boyitib, murakkablashtirib borishni ko’zda tutadi. O’quvchilar
I va II sinfda
sifatning leksik ma`nosini kuzatadilar, sifatga
qanday?, qanaqa?
so’rog’ini berishga
o’rganadilar; III sinfda sifat so’z turkumi sifatida o’rganiladi; IV sinfda ilgari
o’rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog’liq holda
qip-qizil, yam-yashil
kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o’rgatiladi. Ona tili
va o’qish darslarida o’quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga
oldindan ma`lum bo’lgan sifatlarning ma`nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o’rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat
predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko’rinishi,
maza-taomi, xarakter-
xususiyati, hidi, vazni, o’rin va paytga munosabati)ni bildiradi.
Sifatning leksik
ma`nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun
I sinfdanoq o’quvchilar eotibori sifatning otga bog’lanishini aniqlashga qaratiladi.
O’quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so’roq
yordamida gapda
so’zlarning bog’lanishini aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi, yaoni ular gapdagi sifat va
otdan tuzilgan so’z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu
bog’liqlik aniqlashtiriladi. SHunday qilib, sifatning
semantik-grammatik
xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik)
ravishda olib borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda “Sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o’rganiladi: 1)
sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (III sinf);
3) shu grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim sifatlarning yozilishini
o’zlashtirish (IV sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish
Dostları ilə paylaş: