471
Boshlangich sinflar dasturiga ko’ra, o’quvchilarni qaratqich va tushum
kelishigida otning belgisiz qo’llanishi bilan tanishtirish tavsiya etilmaydi.
O’quvchilar jo’nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, jo’nalish
kelishigi qo’shimchasining yozilishi tushuntiriladi: A.oxiri jarangsiz undosh tovush
bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi
-ga
qo’shilganda talaffuzda
-ka
eshitilishi, ammo aslicha yozilishi
sinfga, ishga, SHavkatga
kabi so’zlarni
tovush-harf tomonidan tahlil
qilish bilan tushuntiriladi; b) o’quvchilar
“Mehnat
yetkazar har tilakka”
kabi gapni o’qib,
tilak
so’zining o’zgarishini kuzatadilar;
gapdagi
tilakka
bog’langan so’zni topadilar va shu so’zdan otga so’roq beradilar
(etkazar
(nimaga?)
tilakka);
bu jo’nalish kelishigining so’rog’i ekanini aytadilar;
tilakka
so’zi so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilinadi va
tilak –
asos,
-ka
qo’shimcha ekani
aniqlanadi; so’ng uni tovush-harf jihatidan tahlil qilinib, asosning oxiri
-k
undoshi
bilan tugagani, qo’shimcha ham
k
undoshi bilan boshlanishi aniqlanadi. Suhbat usuli
bilan xulosa chiqariladi: jo’nalish kelishigi qo’shimchasi oxiri
k
undoshi bilan
tugagan
otlarga
-ka
shaklida qo’shiladi.
“Baliq qarmoqqa ilindi”
gapidagi
qarmoqqa
so’zi ustida ham yuqoridagi kabi ishlanadi. Xulosani o’qituvchi
rahbarligida o’quvchilarning o’zlari chiqaradilar: oxiri
q
undoshi bilan tugagan
otlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi
-qa
shaklida qo’shiladi.
O’quvchilar o’rin-payt kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach,
kelishik qo’shimchasi
-da
ning
-ta
bo’lib eshitilsa ham
-da
shaklida yozilishi
tushuntiriladi. Baozi o’quvchilar o’rin-payt kelishigi o’rniga jo’nalish
kelishigi
qo’shimchasini ishlatib, xatoga yo’l qo’yadilar. Bunday xatoning oldini olish uchun
o’quvchilar bilan fe’ldan jo’nalish va o’rin-payt kelishigida qo’llangan otga so’roq
berib, so’z birikmasini topishni ko’proq mashq qilish va kelishiklarning so’rog’i va
ma`nosiga qarab farqlashga o’rgatiladi. Masalan,
bordi
(qaerga?) – maktabga,
bo’ldi
(qaerda?) – maktabda;
oldim
(kimga?) – ukamga,
ko’rdim
(kimda?) – ukamda.
O’quvchilar chiqish kelishigining xususiyatlari bilan ham reja asosida
tanishtirilib, ularga kelishik qo’shimchasining yozilishi tushuntiriladi.
Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning samaraliligini
taominlaydigan shartlar, birinchidan, maqsadga muvofiq mashq, tanlash, mashq
472
materialini asta murakkablashtirib borish bilan o’quvchilarning mustaqqlligini
oshirish,
ikkinchidan, imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish va
o’quvchilarning nutqini o’stirish bilan bog’lab o’rgatishdir.
“Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi” mavzusidagi dasnlabki
tushunchani shakllantirish darsi fragmenti namunasi:
O`qituvchining vazifasi:
1.Mavzuni tushuntirish uchun til materialini tanlash. 2.Mavzu ustida ishlash
bosqichlari va ularning vazifalarini belgilab olish. 3.O’quvchilarni faollashtiradigan
savol-topshiriqlar tizimini ishlab chiqish.
“Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi” mavzusi quyidagi matn
asosida yarim izlanishli muammoli metodda tushuntirish yangi mavzu ustida ishlash
jarayonida o’quvchilarni faollashtiradi. Doskaga quyidagi matn husnixat bilan yozib
qo’yiladi:
Kitob insonning ma’naviy dunyosini boyitadi. Inson hayotida kitobning
ahamiyati katta. Xalqimiz kitobni doim qadrlagan. Kitobga muqaddas buyum
sifatida qaraganlar.CHunki kitobda ko’plab foydali narsalar bayon qilinadi. Biz
ham kitobdan bilmaganlarimizni bilib olamiz.
Matn asosida quyidagicha savol-javob o’tkaziladi:
-Matnni ichingizda o’qing. Otning so’rog’i asosida matnda qatnashgan bir xil
so’zni aniqlang.
-SHu so’zga o’zi bog’langan so’z orqali so’roq bering. Ularni birga o’qing.
(Birinchi aniqlagan o’quvchi doskaga, qolgan o’quvchilar daftariga yozib boradilar.)
Doskada quyidagi birikmalar hosil bo’ladi:
kitob
boyitadi -
kitobning ahamiyati -ning
kitobni qadrlaganlar -ni
kitobga qaraganlar -ga
kitobda bayon qilinadi -da
kitobdan bilib olamiz -dan
-
Kitob
so’zi keyingi so’zga qaysi qo’shimcha yordamida bog’langan?
473
O’quvchilar ularning to’g’risiga bog’lovchi vositalarni – kelishik
qo’shimchalarini yozib boradilar.
-Bu qo’shimchalar qanday qo’shimchalar deb yuritiladi? (3-sinfda
o’rganganlari asosida “Gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydigan qo’shimchalar” deb
aytadilar)
-Bu qo’shimchalar qaysi turkumdagi so’zga qo’shilgan? (ot)
-Otga qo’shilgan bu qo’shimchalarni yana qanday nomlash mumkin?
O’quvchilar bu savolga javob bera olmaydilar. SHu joygacha yetib kelgach,
o’qituvchi “Bu qo’shimchalar otlarga qo’shiladigan kelishik qo’shimchalari. Ular
otni otga yoki boshqa so’z turkumlariga bog’laydi” tarzida “kelishik
qo’shimchalari” atamasi va vazifasi bilan tanishtiradi, asos va qo’shimchalarni
belgilab ko’rsatadi.
4-sinfda “Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi” mavzusi
o’rganiladigan darsda o’quvchilar
nutqiga kelishik, kelishik nomlari, so’roqlari,
kelishik qo’shimchalarini kiritishda
Dostları ilə paylaş: