O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   416
egalik qo’shimchalari
deyiladi. Egalik qo’shimchalari tegishlilik, 
egalik ma`nosini bildiradi. 
Egalik qo’shimchalari otlarga ikki variantda qo’shiladi. 
Akam 
va 
kitobim, 
akang 
va 
kitobing, akasi 
va
 kitobi 
kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan 
otlar so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilinadi, qo’shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida 
xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga 
-m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -
si 
egalik qo’shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga 
-im, -ing, -i, -
imiz, -ingiz, -i 
egalik qo’shimchalari qo’shiladi. SHundan so’ng o’quvchilar “Ona 
tili”
darsligidagi qoidani o’rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar. 


467 
O’quvchilarga egalik qo’shimchalari haqidagi ko’nikmani shakllantirish uchun 
matndan egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan otni topish, uni tarkibiga ko’ra tahlil 
qilib, egalik qo’shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib 
qoldirilgan egalik qo’shimchasini qo’shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga 
qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi. 
Egalik qo’shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar 
bilan turlanishini o’rganish jarayonida egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan ot 
qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan 
(kitobning muqovasi, Rahimning 
kitobi), 
kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o’rganish jarayonida 
esa egalik qo’shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi 
bilan bog’lanib, so’z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.

Otlarning turlanishi
. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik 
otlarning gapda boshqa so’zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni 
o’rgatishda o’quvchilarning gapda so’zlarning bog’lanishini bilishlari nazarda 
tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o’quvchilar gapda ma`no va grammatik 
tomondan bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) ajratishga o’rganganlaridan 
so’ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so’zlarning bog’lanishi ustida 
ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o’quvchi ot gapda qaysi so’z bilan 
bog’langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so’zlar bilan bog’langanda 
qo’shimchalar bilan o’zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o’quvchilar 
1-sinfdayoq, so’z shakllarining o’zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so’z 
shakli nimaligini hali bilmaydilar. O’quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so’z 
o’zgartuvchi) qo’shimchalar bilan tanishadilar, bu qo’shimchalar gapda so’zlarni 
bog’lash uchun xizmat qilishini tushunadilar. 
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik 
shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozishga 
o’rgatish hisoblanadi. 
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o’rganiladi:
1) otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
2) ko’plikdagi otlarning turlanishini o’rgatish;


468 
3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o’rganish va u bilan bog’liq 
holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqida ko’nikma hosil qilish. 
Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi – turlanish haqida tushuncha 
berish bilan o’quvchilarga kelishik qo’shimchalari gapda so’zlarni bog’lash uchun 
xizmat qilishi, o’zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so’roqlari, qo’shimchalari 
va joylashish tartibi tushuntiriladi. 
O’quvchilar turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni 
tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so’z 
birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so’zlar bilan shakl 
yasovchi qo’shimalar 
(ning, -ni, -ga, -da, -dan) 
yordamida bog’lanishini kuzatadilar, 
bu qo’shimchalar kelishik qo’shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo’shimchalari 
bilan o’zgarishi 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin