O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Atrofni o’rab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə363/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   416
1. Atrofni o’rab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat 
faoliyati, bolalarniig o’yini va o’qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni 
kuzatish.
Tabiat qo’yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar 
narsa va hodisalarni kuzatish bilan ko’pgina yangi nom va iboralarni o’rganadilar. 
Bu ekskursiyalar yuzasidan o’tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi 
chuqurlashtiriladi, ayrim so’zlar ma`nosiga aniqlik kiritiladi. 
O’quvchilar lug’atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar 
hisoblanadi. O’qish darslarida o’quvchilar Oybek, H. Olimjon, M. SHayxzoda, G’. 
G’ulom, H. Hakimzoda, Zulfiya, Uyg’un, A.Qahhor, P. Mo’min, Q. Muhammadiy, 
SH. Saodulla, Z. Diyor kabi ko’pgina so’z ustalarining asarlarini o’qiydilar. O’zbek 
tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o’zlashtiradilar. O’qish darsida bolalar 
lug’ati ma`lum mavzularga oid so’zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug’atiga axloqiy 
tushunchalarni ifodalovchi 
yoqimtoy, shirinso’z, mehribon, haqqoniy, botir, mard, 
jasur, mehnatsevar
kabi ko’pgina so’zlar qo’shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida 
ko’p ma`noli so’zlar, sinonimlar, ko’chma ma`noda ishlataladigan so’zlarni, baozi 
frazeologik birikmalarni bilib oladilar. 
Bolalar mustaqil o’qishga o’rganganlaridan keyin ular lug’atiga kitob, gazeta, 
jurnal materiallari katta ta`sir qiladi. SHuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil 
o’qish va unga rahbarlik shakllari o’quvchilar lug’atini boyitishning, nutqini 
o’stirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi. 
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o’rganish darslari ko’pgina 
so’z va atamalarni o’zlashtirishga yordam beradi, o’quvchilar predmet, belgi, 
harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so’zlarni bilib oladilar. Bu darslarda o’quvchilar 
lug’ati tartibga solinadi, so’z turkumlarini o’rganish jarayonida guruhlanadi, so’z 
tarkibi, so’z yasalishi, so’zlarning o’zgarishini o’rganish bilan esa lug’atga aniqlik 
kiritiladi; ular o’rgangan so’zlaridan o’z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada 
lug’atlari faollashadi. O’quvchilar lug’ati maxsus lug’aviy-mantiqiy mashqlar 
yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi. 


592 
Bulardan tashqari, kinofilьm va televizor eshittirishlarining matnlari, 
o’qituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining 
nutqlari ham o’quvchilar lug’atini boyitish va takomillashtirish manbalari 
hisoblanadi. 
Lug’atni boyitishda turli lug’atlar juda foydali qo’llanmadir. Boshlang’ich sinf 
o’quvchilari uchun «Imlo lug’ati» mavjud. O’qituvchi ma`lumot uchun ham, 
material tanlash uchun ham turli lug’atlardan (o’zbek tilining sinonimlar, 
antonimlar, 
frazeologik 
lug’atlaridan, 
turli 
terminologik 
lug’atlardan) 
muvaffaqiyatli foydalanadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin