O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə361/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   416
 
LUG’AT USTIDA ISHLASH METODIKASI 
 
Lug’at ustida ishlashning lingvistik asoslari va vazifalari 
O’quvchining nutqiy rivojlanishida tilning barcha sathlariga oid bilimlarga 
amal qilinadi. Til sathlarini o’zlashtirishning asosiy sharti tilning kommunikativ 
funktsiyasidan foydalana olish ko’nikmasini egallashdir. “Nutq o’stirish 
metodikasida tilning leksikologiya va grammatika bo’limlari alohida ahamiyat kasb 
44
Рождественский Н. С., Кустарева В. А. Методика начального обучения русскому 
языку. - М.: «Просвещение», 1965. 297-бет. 


587 
etadi,- deb yozadi S.P.Redozubov. - Leksikologiya – so’z haqidagi ilm, grammatika 
– so’z shakllarining o’zgarishi va ularning gapda bog’lanishi haqidagi ilm. 
O’quvchilarning lug’at zahirasi qanchalik boy bo’lsa, nutqi shunchalik rivojlangan 
bo’ladi”[118;306].Nutq o’stirish gap qurilishi va uning tarkibini tashkil etgan lug’at 
ustida ishlash bilan o’zaro bog’liq. 
Professor N.Mahmudov: “Nutqning ta’sir quvvati, tegishli axborotni 
tinglovchiga tugal va qulay, “yuqumli” tarzda yetkazish imkoniyati muhim 
kommunikativ sifatlardan bo’lmish so’z boyligiga bog’liq. Nutqning boy yoki 
kambag’alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan unsurlari (so’z ma’nolari, 
intonatsiya, sintaktik tuzilmalar, iboralar va sh.k.)dan qay darajada foydalanganlik 
bilan belgilanadi. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining boy va faol 
zahirasi mavjud bo’lishi kerak”[31;22] - deb yozishi bejiz emas. Fikr ifodasi va 
nutqning emotsional ta’sirchanligi uchun, birinchi navbatda, o’quvchilar nutqini 
leksik birliklar bilan boyitish zarur. 
Lug’at ustida ishlash o’quvchining lug’at boyligini oshirishdan iborat emas
o’quvchining diqqatini so’zning mazmuniga qaratish, so’zning semantikasini, 
ma’nosini aniqlashtirish, so’zning boshqa so’z bilan semantik bog’lanishini, 
aloqasini ochish, bog’lanishli nutqda har bir so’zning o’z ma’nosiga ko’ra boshqa 
so’zlar bilan bog’lanishini anglashlariga erishishdir. So’zlar orasida ma’noviy 
moslashish so’zlar bog’lanishining asosiy qoidasi bo’lib, leksik birliklarning asosiy 
xususiyati gapda boshqa so’zlar bilan sintaktik aloqasida ko’rinadi. So’zning nutqda 
qanday shaklda qo’llanishini bilish qay darajada zarur bo’lsa, uning ma’nosini bilish 
ham shunchalik zarurdir. Inson nutqiy munosabatda zarur so’zlarni semantik 
ma’nosiga qarab tanlaydi va fikrini aniq ifodalashga intiladi. 
So’z yakka holda hech qanday kommunikativ vazifa bajara olmaydi. Nutqni 
anglashning eng muhim sharti unda ifodalanayotgan fikr va mazmunni tushunishdir. 
Fikrni ifodalashning turli usullari mavjud bo’lib, ularda so’zlar semantik ma’nosiga 
ko’ra ishtirok etadi. 
“Nutq o’stirish metodikasida tilning leksikologiya va grammatika bo’limlari 
alohida ahamiyat kasb etadi,- deb yozadi S.P.Redozubov. - Leksikologiya – so’z 


588 
haqidagi ilm, grammatika – so’z shakllarining o’zgarishi va ularning gapda 
bog’lanishi haqidagi ilm. O’quvchilarning lug’at zahirasi qanchalik boy bo’lsa, nutqi 
shunchalik rivojlangan bo’ladi”
45
.
Bola maktabga kelgunga qadar oila muhitida, maktabgacha ta’lim 
muassasalarida qiziqishlari va ehtiyojlarini ifodalash uchun zarur bo’lgan so’zlarni 
gap tarkibida turli shakllarda qo’llash namunasini o’zlashtirgan bo’ladi. Lekin uning 
nutqiy arsenali maktabda o’rganiladigan yangi tushunchalarni, fikrlarni, maktabga 
kelgan kunidagi hissiyotlarini ifodalashi uchun so’z zahirasi yetishmaydi. Maktab 
oldida turgan eng asosiy vazifa o’quvchilarning atrof-olam haqidagi tasavvurlarini 
kengaytirish asosida o’quvchilarning lug’atini boyitish, nutq va tafakkurini, 
mantiqiy fikrlashini o’stirishdir. 
Mantiqiy fikrlashning dastlabki usuli tahlildir. Til hodisalarini tahlil qila olish 
ko’nikmasi maktabgacha davrdanoq shakllana boshlaydi. Boshlang’ich sinflardan 
dastur asosida rivojlana boradi. 
Til ta’limida tahlil bilan sintez chambarchas bog’langan bo’lsa-da, mashq 
matnlari tahlili asosida o’zlashtiriladigan bilimlarni umumlashtirish o’quvchilar 
uchun ancha qiyinchilik tug’diradi. Sintez ta’lim amaliyotida kam uchraydi. CHunki 
mantiqiy tahlil, odatda, alohida emas, balki boshqa o’quv-biluv faoliyatining 
(umumlashtirish, tasniflash, tizimlashtirish, xulosalarni shakllantirish) tarkibiy 
qismi sifatida amalga oshiriladi. Tahlil va sintezning birlashtirilishi tushunchalarni 
ta’riflashda asos bo’lib xizmat qiladi. 
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar “Alifbe” darsligidagi matnlarni o’qishdan 
oldin rasmlarni kuzatadilar, tasvirlangan narsa, hodisa va holatlar yuzasidan 
muayyan tasavvurga ega bo’ladilar. So’ng o’qituvchi ularga rasm asosida gap yoki 
kichik hikoya tuzish topshirig’ini beradi. 
Matn mazmuni yuzasidan beriladigan savollar o’quvchilarning mantiqiy 
tafakkur ko’nikmasini rivojlantiradi, o’qishga bo’lgan diqqati va kuzatuvchanligini 
oshiradi. Mazmun mohiyatiga ko’ra “Alifbe”dagi matnlar, narsa-predmetlar 
45
C..Pедозубов. Методика русского языка в начальной школе. –Москва: 1963. Стр. 39. 


589 
tasvirlangan rasmlar savod o’rgatish davrida o’quvchilarning nutqini boyitish 
manbai sanaladi. 
Ko’pgina so’zlar nafaqat savod o’rgatish darslarida, balki boshqa predmet 
darslarida ham takrorlanadi va mustahkamlanadi. SHuning uchun nutq o’stirish 
mashg’ulotlari o’quvchilarning leksikasini boyitishiga ko’ra matematika, tasviriy 
san’at, mehnat, atrofimizdagi olam kabi boshqa predmet darslari bilan o’zaro 
bog’liqligi bois so’z va so’z birikmalari miqdorini bir necha marotaba ko’paytirish 
lozim deb hisoblaymiz.
 
So’z tilning ma`no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq 
narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan 
barcha so’z va iboralarning yig’indisi 
lug’at tarkibi
yoki 
leksika
deyiladi. 
Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir. Leksikologiya 
lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma`no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, 
boyib borishi, baozi so’zlarning eskirib, isteomoldan chiqib ketishi, ma`no ko’chish 
hodisasi kabilarni o’rganadi. SHu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash 
metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. 
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmunga 
mos so’z va so’z birikmalarining ma`lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. 
Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik 
boy bo’ladi; o’z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. 
SHuning uchun lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni 
muvaffaqiyatli o’stirishning muhim sharti hisoblanadi. 
Hozirgi o’zbek adabiy tili ulkan lug’at boyligiga ega. Besh jildlik «O’zbek 
tilining izohli lug’ati» da 80000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, 
bular umumiy qo’llaniladiganlaridir. Bunga o’zbek tilida nashr etilgan turli 
terminologik lug’atlarda, o’zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik 
lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at boyligi yana 
ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma`noni bildiradi. 
Masalan, shu izohli lug’atda bosh so’zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm 
bilan bog’langan ma`noda ishlatilishi berilgan.


590 
Maktabda nutq o’stirishning muhim vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni 
yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo’nalishlarini ajratish va asoslash, 
o’quvchilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi. 
Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda 
tutadi: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin