O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə357/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   416
og’zaki
va 
yozma
bo’ladi. Og’zaki nutq 
yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og’zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa 
grafik nutqdir. Og’zaki nutqda eshitish sezgisi, yozma nutqda esa ko’rish va motor-
harakat (qo’l harakati) sezgisi asosiy o’rin tutadi. Og’zaki nutq ham, yozma nutq 
ham kishilarning o’zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og’zaki nutq aniq 
hayotiy sharoitda, bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, 
aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi. 
Og’zaki nutq ko’pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida 
bo’ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini 
tushirib qoldirmay, ortiqcha takrorga yo’l qo’ymay bayon qilishni talab etadi. 
SHuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi. 
 
O’quvchilar nutqiga qo’yiladigan talablar 
Nutq va nutq o’stirish masalasi ta’limning har bir bosqichida muhim vazifa 
bo’lib kelgan va bunday keyin ham shunday bo’lib qolaveradi. CHunki til jamiyat 
taraqqiyoti bilan bog’liq holda jamiyat a’zolari tomonidan rivojlantirib borilar ekan, 
uni o’zlashtirish hayotiy zaruratga aylanadi. Nutq o’stirish o’z fikrini boshqalarga 
yetkazish uchungina emas, balki boshqalarning qarashlariga, e’tiqodlariga va xatti-
harakatlariga ta’sir etish uchun ham xizmat qilishi kerak. Ayniqsa bu hozirgi 
qarashlar 
xilma-xilligi 
davrida 
va 
kichik 
yoshdagi 
o’quvchilarning 
dunyoqarashlarini shakllantirishda muhimdir.


580 
Inson nutq orqali yaratilgan bilimlarni egallashdan tashqari, nutq yordamida 
fikrlaydi, fikr ifodalaydi.
Nutqiy rivojlanishning jamiyat va ta’lim-tarbiya sohasidagi ahamiyatidan kelib 
chiqib, SHarq allomalari mazkur muammoga alohida diqqat qaratib kelganlar.
Forobiy insonning fikrlash iqtidoriga alohida e’tibor berib: “barcha masalani, 
muhokama va mulohazani tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan, 
so’zlovchining maqsadi, aytilgan fikrlarining chinligini tezda payqay oladigan 
bo’lsin”, “so’zlari aniq bo’lsin, fikrini va aytmoqchi bo’lgan mulohazalarini ravon 
va ravshan bayon eta olsin”, “bilish va o’qishga muhabbati bo’lsin, sezmasdan 
osonlik bilan o’zlashtira olsin”
42
,- degan talablarni qo’yadi.
O’quvchilar nutqini o’stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya 
qilinadi: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin