O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


 Imloga oid mashqlarga quyidagilardan qaysilari kiradi?



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə354/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   416
17. Imloga oid mashqlarga quyidagilardan qaysilari kiradi? 
1) grammatik-orfografik tahlil; 2) ko’chirib yozuv: 3) diktantlar;
4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar. 
A.1, 2, 4, 5 
B. 2, 4, 5 
C. 1, 2, 3, 4, 5 
D. 3, 4, 5 
18. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida lug’at ustida ishlashda qanday metodik 
usullardan foydalaniladi? 


572 
A.So’z ma`nolarini taqqoslash va ularni sharhlash 
B. So’zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma`nosini va talaffuzini 
o’rgatish
C. So’zlarni belgilariga ko’ra guruhlash 
D. barchasi to’g’ri 
19. Ona tilidan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirishning ahamiyati 
nimadan iborat? 
A. U o’quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan qanchalik 
foydalanishini aniqlashni ta`minlaydi 
B. O’quvchilarning yangi materialni o’rganishga tayyorligini aniqlash, 
shuningdek, qo’llanilgan metod va usullarning samaradorligini baholashga, ish 
metodlariga ayrim o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi
C. Tekshirish o’quvchilar uchun, birinchidan, to’g’ri shakllantirilgan bilimlarni 
mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o’z-o’zini 
tekshirishni o’stiradi 
D. A, B, C 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O`QUVCHILAR NUTQINI O’STIRISH METODIKASI 
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilar nutqini o’stirishning 
maqsad va vazifalari 
Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so’z, so’z birikmasi, gap) asosida 
tafakkurni ishga solishdir. Nutq o’zaro aloqa va xabar, o’z fikrini his-hayajon bilan 
ifodalash va boshqalarga ta`sir etish vazifasini bajaradi. 


573 
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri 
sifatida xizmat qiladi. O’quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta`lim 
olish qurolidir. Biz tilini jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlantirib, boyitib 
kelgan ajdodlarning vorislarimiz. O’quvchilarni tilning mavjud imkoniyatlaridan 
nutq jarayonida maqsadga muvofiq foydalana olishga o’rgatish maktab ona tili 
ta’limi oldida turgan mas’uliyatli vazifalardan sanaladi.
“O’zbek tilining izohli lug’ati”da “nutq” “tilning fikr ifodalash va almashish 
jarayonlarida amal qilishi; so’zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va 
shu jarayonning hosilasidir”
39
, - deb ko’rsatiladi. 
“Pedagogicheskiy entsiklopedicheskiy slovarь”da nutqqa “insonlarning til 
vositasida amalga oshiriladigan muloqot(kommunikatsiya) shakli bo’lib, u fikrni 
ifodalash vositasi bo’lishi bilan birga fikrlashning asosiy mexanizmi hamdir”
40
deb 
qayd etiladi.
Boshlang’ich sinflarning ona tili ta’limida o’quvchilarning nutqini o’stirish – 
ularda eshitish, anglash, gapirish, yozish va o’qish ko’nikmalarini shakllantirish, 
demakdir. SHu asosda intellektual salohiyat oshiriladi, estetik va axloqiy tarbiya 
yo’lga qo’yiladi. 
Ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirish 
masalasi o’tgan asrning 60-70-yillarida S.Dolimov, Y.Abdullaev, Q.Abdullaevava 
K.Qosimovalar, 80-90-yillarida B. Turdiev, A. G’ulomov, M. Qodirov, SH. 
Yusupova, B.To’xliev, M. SHamsieva, T. Ziyodovalar, 2000- yillarda A.Hamroev, 
SH.U. Nurillaeva, O’. Ro’ziboeva, G. M. Ahmedova, SH.SH. Yuldasheva, 
U.Masharipova kabi olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Mazkur metodistlarning 
ayrimlari adabiyot darslarida, ayrimlari ona tili va o’qish darslarida og’zaki va 
yozma nutqni o’stirish masalasiga doir qimmatli metodik tavsiyalar ishlab 
chiqqanlar. 
39
Ўзбек тилининг изоҳли луғати, –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Давлат илмий 
нашриёти, 2007. – 3- жилд. 67-бет.
40
Педагогический энциклопедический словарь.Гл.ред.Б.М. Бим–Бад.3-е издание, 
стереотипное. –Москва: Большая Российская энциклопедия. 2009.стр. 240.


574 
A.Sa’diy adabiyot o’qitishda qahramonlarga og’zaki va yozma tavsif berish, 
S.Dolimov yozma bayon va adabiy ijodiy ishlarni tashkil etish bo’yicha metodik 
tavsiyalarida o’quvchilar nutqiy boyligining ahamiyatini aytib o’tganlar.
Q.Abdullaeva “1-sinfda nutq o’stirish” metodik qo’llanmasida o’quvchilarni 
tovush va so’zlarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish, savod o’rgatish davrida mantiqiy 
mashqlarni tashkil etish, didaktik materiallardan foydalanish usullarini yoritgan 
bo’lsa, K.Qosimova «5-sinf ona tili darslarida lug’at ustida ishlash» qo’llanmasida 
lug’aviy mashqlarni tashkil etish metodikasi xususida so’z yuritadi.
B. Turdievning “Yozma nutqni o’stirish yuzasidan praktikum” nomli 
qo’llanmasida yozma nutqning umumiy nazariy masalalari, yordamchi xarakterdagi 
yozma ishlar, kitob ustida mustaqil ishlash bilan bog’liq yozma ishlar, ish 
qog’ozlarini to’ldirish, bayon va insho yozishga o’rgatish masalalari yoritilgan. 
A. G’ulomov, M. Qodirovning “Ona tili o’qitish metodikasi” qo’llanmasida 
nutq o’stirishning nazariy va amaliy ahamiyati, nutq o’stirishga doir mashqlarni 
tashkil etish bo’yicha metodik tavsiyalar berilgan. 
M.Asqarova rahbarligidagi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan “Kichik 
yoshdagi bolalar nutqini o’stirish” nomli o’quv qo’llanmada asosan bog’cha 
yoshidagi bolalar nutqini o’stirish masalalari o’rganilgan. 
B.To’xliev, M. SHamsieva, T. Ziyodovalar yaratgan “O’zbek tili o’qitish 
metodikasi” qo’llanmasida bo’lg’usi mutaxassislarni maktab ta’limiga tayyorlashda 
grammatik mavzularga bog’liq holda o’quvchilar nutqini o’stirish, lug’atini boyitish 
metodikasiga alohida diqqat qaratilgan. 
Islohotlar tufayli ona tili o’qitish metodikasi tezkor taraqqiyot yo’liga kirdi. 
Uzluksiz ta’lim tizimida til va nutqni farqlab o’rganish, ona tili darslarida nutqni 
bilim, ko’nikma va malakalar hamda ijodiy tafakkur integratsiyasini ta’minlovchi 
vosita deb qarash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Nutqiy bilim, ko’nikma va 
malakalarni uzviylik va uzluksizlikda ona tili sathlariaro aloqadorlikda izchil 
rivojlantirishga e’tibor qaratildi.


575 
Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limining bosh vazifasi turli usulda va mazmunda 
tashkil etiladigan mashqlar yordamida o’quvchilarning nutqi va tafakkurini 
rivojlantirishga qaratiladi. 
Ta’lim jarayonida nutq o’stirish o’qituvchi va o’quvchining nutqiy ko’nikma 
va malakalarni shakllantirish va o’stirishga qaratilgan hamkorlikdagi amaliy 
faoliyatdir. O’quvchilar nutqini o’stirish hamisha pedagogik rahbarlikni talab etadi. 
Nutq o’stirish nima? Agar o’quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko’zda 
tutilsa, nutq o’stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug’ati, sintaktik 
qurilishini, bog’lanishli nutqni) faol amaliy o’zlashtirish tushuniladi. Agar 
o’qituvchi ko’zda tutilsa, nutq o’stirish deganda, o’quvchilarning tilning talaffuzi, 
lug’ati, sintaktik qurilishi va bog’lanishli nutqni faol egallashlariga yordam 
beradigan metod va usullarni qo’llash tushuniladi
41
.
O’qituvchining vazifasiga faqat o’qitayotgan faniga qiziqish uyg’otibgina 
qolmasdan, o’quvchilarning kommunikativ va mustaqil fikrlash ko’nikmasini 
rivojlantirish ham kiradi. O’qituvchi o’quvchilarni turli vaziyatlarda til birliklaridan 
foydalana olishga, o’z nutqiga ongli munosabatda bo’lishga, har bir so’ziga 
javobgarlikni his qilishga o’rgatishi kerak. Ona tili o’quv predmeti sifatida nafaqat 
nazariy bilimlarni o’zlashtirishga, balki inson uchun umri davomida zarur 
bo’ladigan til birliklarini amaliy qo’llash ko’nikmalarini shakllantirishga ham 
yo’naltirilgandir. 
Nutqiy bilim bilan nutqiy ko’nikmaning ikki xil hodisa ekanini farqlamoq 
kerak. Nutqiy bilim tilning barcha sathlariga doir bilimlarni o’zlashtirish asosida 
egallanadi, nutqiy ko’nikma esa nutqiy mexanizmni turli nutq uslublarida ishga 
solishdir. Inson nutqiy faoliyati davomida so’zga emas, balki so’zning ma’no 
tomoniga e’tibor qaratadi va o’z fikrini aniq ifodalash uchun kerakli so’zni tanlaydi.
Til vositalarini nutq yo’nalishiga tez moslashtirib, rejalashtirib olish, nutq 
mazmunini ifodalash uchun ularni topib muomalaga kirita bilish nutqiy ko’nikma 
sanaladi.
41
Рождественский Н. С., Кустарева В. А. Методика начального обучения русскому 
языку.- М.: «Просвещение», 1965. 289-бет. 


576 
Nutq o’stirish metodikasining vazifasi o’quvchilarda o’zaro aloqaga, 
atrofdagilar bilan so’zlashish – kommunikatsiyaga ehtiyoj va qiziqishni yuzaga 
keltirishdir. SHundagina o’quvchi nutqi asta-sekin rivojlana boradi, o’z nutqiga 
e’tibor berish hissi paydo bo’ladi. Nutq o’quvchiga nafaqat boshqa kishilar bilan 
aloqa qilishga yordam beradi, balki olamni, dunyoni bilish, borliqni anglash vositasi 
hamdir. 
Nutq muomala vositasi sifatida muayyan sifatlarga ega bo’lishi lozim. Birinchi 
navbatda, nutqning leksikasi keraksiz va mahalliy (shevaga xos so’zlardan), parazit 
va vulьgar (qo’pol, noxush) so’zlardan xoli bo’lishi zarur. Nutqning sifatiga 
qo’yiladigan aniqlik, obrazlilik, emotsionallik kabi talablar ham bevosita nutqning 
leksik qatlamiga bog’liqdir.
O’quvchilar o’z fikrini to’g’ri va mukammal ifodalash ko’nikmasini 
egallashlari uchun o’qituvchi nutqiy kamchiliklarni bartaraf etuvchi va nutqni 
lug’aviy birliklar bilan boyituvchi maxsus mashqlarni muntazam tashkil etishi 
lozim.
SHuning uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so’z, gap, 
bog’lanishli nutq kabi qismlarni o’z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo’limlari 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin