577
mashqlarning materiali haqida bo’lib, o’quvchi nutqi mazmunli bo’lishi uchun
g’amxo’rlik qilish hisoblanadi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so’z, so’z birikmalari, gap, nutq
oborotlari
yordamida
ifodalansagina
tushunarli
bo’ladi.
SHuning
uchun nutqni muvaffaqiyatli o’stirishning uchinchi sharti − nutqni til vositalari bilan
qurollantirish hisoblanadi. O’quvchilarga til namunalarini berish, ular uchun yaxshi
nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o’z tajribasida foydalanish
natijasida bolalarda ta`lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda «tilni sezish»
shakllanadi.
Nutq o’stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish,
yaoni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o’rgangan til
vositalaridan foydalanib, o’z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.
Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o’zlashtiradi. Buning o’zi yetarli emas,
chunki u nutqni yuzaki o’zlashtiradi. Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud.
Bular:
1. Adabiy til meoyorlarini o’zlashtirish. Maktab o’quvchilarni
adabiy tilni sodda so’zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o’rgatadi,
adabiy tilning badiiy, ilmiy, so’zlashuv variantlari bilan tanishtiradi.
2. Jamiyatimizning har bir aozosi uchun zarur bo’lgan muhim
nutq malakalarini, yaoni o’qish va yozish malakalarini o’zlashtirish. Bu bilan
o’quvchilar yozma nutqning xususiyatlarini, uning og’zaki-so’zlashuv nutqidan
farqini bilib oladi.
3. O’quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish. Til jamiyatdagi eng muhim
aloqa vositasidir. Tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, maktabda
o’quvchilarning nutq madaniyatiga alohida eotibor beriladi.
Bu vazifalarni bajarish uchun o’qituvchi o’quvchilar bilan rejali ish olib borishi
lozim. Buning uchun esa o’quvchilar nutqini o’stirish ustida ishlash tushunchasiga
nimalar kirishini bilib olish muhimdir.
Nutq o’stirishda uch yo’nalish aniq ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: