O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


O’quvchilar nutqi mazmundor bo’lsin



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə358/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   416
1. O’quvchilar nutqi mazmundor bo’lsin.
Hikoya yoki insho o’quvchilar 
uchun yaxshi ma`lum bo’lgan dalillar, ularning kuzatishlari, hayotiy tajribalari
kitoblardan, rasmlardan, radioeshittirish va teleko’rsatuvdan olgan ma`lumotlari 
asosida tuzilsagina mazmunli bo’ladi. Bolalar bilmagan narsa, ko’rmagan voqea-
hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz so’zlashga yo’l qo’yilsa, nutq mazmunsiz 
chiqadi. 
Nutq o’stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta tayyorlashni, 
yaon
i material yig’ish, uni muhokama qilish, to’ldirish, asosiy mazmunni ajratish, zaruriy 
izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bunda o’quvchilarning yosh xususiyatlari va 
qiziqishlari ham hisobga olinadi. 
2. Nutqda mantiqiylik bo’lsin.
O’quvchilar nutqi mantiqan to’g’ri bo’lishi, fikr 
izchil, asosli bayon etilishi, asosiy o’rinlar tushirib qoldirilmasligi va o’rinsiz 
takrorga, mavzuga taalluqli bo’lmagan ortiqchalikka yo’l qo’yilmasligi talab etiladi. 
Nutqning mantiqiyligi narsa, voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, 
mantiqiy xato esa material mazmunini aniq bilmaslik, mavzuni o’ylamasdan
noqulay tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va 
qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud. 
42
Форобий. Фозил кишилар шаҳри. -Т.: 186-188- бет. 


581 
3. Nutq aniq bo’lsin.
O’quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga 
mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng yaxshi til 
vositalaridan (so’z, so’z birikmasi, gaplardan) foydalangan holda, maxsus tasvirlar 
bilan ifodalashga o’rgansin. 
4. 
Nutq 
til 
vositalariga 
boy 
bo’lsin.
Mazmunni 
aniq 
ifodalash uchun o’quvchi nutqi til vositalariga boy bo’lishi, u har qanday vaziyatda 
ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan mazmunga eng mosini 
tanlab foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Albatta, boshlang’ich sinf 
o’quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo’yib bo’lmaydi, ammo o’qituvchi 
o’quv ishlarida ularning so’z boyligini oshirib borishni har vaqt ko’zda tutishi kerak. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin