578
So’z, so’z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo’lib
leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda),
morfologiya, sintaksis
xizmat qiladi; bog’lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik
va murakkab
sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.
Ko’rsatilgan uch yo’nalish parallel olib boriladi: lug’at ishi gap uchun material
beradi; so’z, so’z birikmasi va gap ustida ishlash bog’lanishli nutqqa tayyorlaydi.
O’z navbatida, bog’lanishli hikoya va insho lug’atni boyitish vositasi bo’lib xizmat
qiladi.
O’quvchilar nutqini o’stirish o’z metodik vositalariga ega, o’zining mashq
turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog’lanishli nutq mashqlari hisoblanadi.
Nutq o’stirishda izchillik to’rt shartni, yaoni mashqlarning izchilligi, istiqboli,
xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo’ysundirish
ko’nikmasini amalga oshirish bilan taominlanadi. Har
bir yangi mashq oldingisi
bilan bog’lanadi va keyingisiga o’quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga
bo’ysungan holda yana qandaydir yangilik qo’shadi.
Maktabda o’quvchilar nutqini o’stirishga ona tili o’qitishning asosiy vazifasi
deb qaraladi. Nutq o’stirish faqat ona tili va o’qish
darslarininggina emas, balki
o’quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy sanoat,
ashula darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o’tkaziladngan tadbirlarning ham
vazifasidir.
Nutq turlari
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o’z
fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o’ylab oladilar. Bu
ichki nutq
hisoblanadi. Ichki nutq
eshittirilmagan va yozilmagan, «o’ylangan»
(fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o’ziga qaratiladi.
Tashqi nutq
tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga
qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi − tashqi
nutqda nutq aozolarining harakati natijasida tovush chiqariladi
yoki yozib bayon
etiladi; ichki nutqda nutq aozolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.
579
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, tashqi
nutqni o’stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. O’ylash, fikr yuritish ichki
nutq asosida bo’ladi. Ichki nutq o’quvchini
tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib
gapirishga o’rgatadi. Ichki nutq jarayonida o’ylash o’quvchining nutqi va
tafakkurining o’sishida muhim vositadir.
Maktabda
o’quvchilarning
tashqi
nutqigina
emas,
balki
ichki
nutqi ham o’stiriladi. Bolalar ichda o’qishga o’rganadilar
va ichki
nutqda
materialni
o’zlashtiradilar,
turli
vazifalarni
o’zlari
hal qiladilar, asosiysi − o’zlarining og’zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.
Fikrni ifodalash usuliga ko’ra nutq
Dostları ilə paylaş: