O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


 So’zni kontekst asosida tushuntirish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə365/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   416
1. So’zni kontekst asosida tushuntirish.
Bunda o’quvchilar tushunmaydigan 
so’z 
ularga 
tushunarli 
so’zlar 
qo’llangan 
gap 
(yoki 
matn) yordamida tushuntiriladi.
2. So’z ma`nosini lug’atdan va o’qish kitoblarida matn ostida 
berilgan izohdan foydalanib tushuntirish.
 
Bunda o’quvchilarni 
izohdan 
mustaqil 
foydalanib, 
so’z 
ma`nosini 
mustaqil 
tushunib 
olishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega.
3. So’z ma`nosini shu so’zning ma`nodoshi yordamida tushuntirish.
Masalan,
 sabo - shabada, mudofaa - himoya, sozanda - musiqachi, diyor - vatan, 
inshoot - bino, samo - osmon
kabi. So’zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu 
so’zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko’rsatish zarur. 
4. Tanish bo’lmagan so’z bilan ifodalangan tushunchani tanish 
bo’lgan 
so’z 
bilan 
ifodalangan 
tushunchaga 
(uning 
antonimiga) 
taqqoslash orqali tushuntirish.
Masalan, 
ishchan
tushunchasini 
dangasa 
tushunchasiga, 
rostgo’y 
so’zini 
yolg’onchi
so’ziga taqqoslab tushuntirish mumkin. 
Ko’chma ma`noda ishlatilgan so’z va so’z birikmalari, tasviriy vositalar, 
maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. 
5. So’zni o’ziga yaqin tushuncha bilan, yaoni boshqacha ifoda etish 
bilan 
tushuntirish.
Bunda 
tushuntiriladigan 
so’zning 
izohi 
qisqa 
va aniq bo’lishi kerak. Masalan, 
o’zboshimchalik
− o’z xohishicha 
ish tutish, ishni o’zi xohlaganicha bajarish; 
mutaxassis
− biror 
hunar egasi; 
shunqor
− uzoq uchadigan ko’zi o’tkir qush; 
mesh
− mol 
terisidan tikilgan idish; 
guldon 
− gul solib qo’yiladigan idish va boshq. 


594 
Baozi so’zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, 
kombayn 
− bir vaqtning o’zida donni o’radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq 
xo’jalik mashinasi;
ekskavator - 
bir vaqtning o’zida yerni qazib tuproqni yuk 
mashinasiga ortadigan mashina;
 aerodrom - 
samolyotlar turadigan, uchib ketadigan 
yoki kelib qo’nadigan joy va hok. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin