O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Zid ma`noli so’zlar ustida ishlash



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   416
Zid ma`noli so’zlar ustida ishlash 
Qarama-qarshi, zid ma`no bildiradigan so’zlar zid ma`noli so’zlar (antonimlar) 
deyiladi. Antonimlar belgi bildiradigan so’zlarda ko’p uchraydi. Antonimik 
munosabat so’z bilan frazeologik birlik (iborA.orasida ham bo’ladi (
yalqov - 
yuragida o’ti bor 
kabi). 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari antonimlar bilan amaliy tanishtiriladi. 
Antonimlar ustida ishlash matndan antonimni topishdan boshlanadi, keyin maxsus 
mashqlar ishlatiladi: 
1. Berilgan so’zlarga antonim tanlash.
 
Otni o’tganda: 
azob - ... , do’stlik - ..., 
oq - ..., yoshlik - . ..
, sifatni o’tganda: 
dangasa - ... , anqov - ... , rostgo’y - ... , dono 
- ... , kasal - ... ,
fe’lni o’tganda: 
kasallandi
- ... , 
yondi
- ... , 
boshladi
- ... kabi beriladi. 
O’quvchilar berilgan otga 
rohat, dushmanlik, qora, qarilik;
sifatga 
mehnatkash, 
hushyor, yolg’onchi, nodon, sog’
; fe’lga 
sog’aydi, o’chdi, tugatdi 
antonimlarini 
tanlab, jufti bilan yozadilar. 
2. Zid ma`noli so’zlarni qatnashtirib gap tuzish.
 
Bunda o’qituvchi antonim 
tanlab gap tuzish uchun so’z beradi, o’quvchilar berilgan so’zga antonim tanlaydilar 
va ularni qatnashtirib gaplar tuzadilar. 
3. Berilgan gapga antonim topib qo’yish.
O’qituvchi “
To’g’ri odam 
... so’zdan or qilur. Yosh kelsa ishga, ... kelsa oshga. Yaxshi gap -
moy, ... gap - loy. Gapni oz so’zla, ishni ... ko’zla”
kabi gaplar beradi, o’quvchilar 
gap mazmuniga mos antonim topib, gapni o’qiydilar (yoki yozadilar). 
O’quvchilar lug’atinn ma`nodosh va zid ma`noli so’zlar bilan boyitish o’z 
fikrini aniq, ravon va ifodali bayon etishga yordam beradi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin