O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Ko’p ma`noli va shakldosh so’zlar ustida ishlash



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə369/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   416
Ko’p ma`noli va shakldosh so’zlar ustida ishlash 
O’quvchilarga ko’p ma`noli so’zlar uchrab turadi, ammo ular ko’p maьnoli 
so’z ekanini tushunib yetmaydilar.


597 
O’qituvchi badiiy asar ustida ishlash jarayonida o’quvchilarni ko’chma 
ma`nodagi so’zlar bilan tanishtirish orqali ayrim so’zlar ko’p ma`noda ishlatilishini 
tushuntirib boradi. SHu bilan birga, maxsus mashqlar ham ishlatiladi: 
1. So’zlarning so’z birikmasidagi ma`nosini qiyoslash: 
soat yurdi, poezd yurdi, 
ukam yurdi; tosh yo’l, tosh yurak; kumush qoshiq, kumush osmon, kumush qish. 
2. Gaplarni o’qib, ajratib ko’rsatilgan so’zlarning ma`nosini aytish: 
Bu yil 
yoz 
issiq bo’ldi. Sen o’rtog’ingga xat 
yoz.
 
Boshlang’ich sinflarda ko’p ma`noli va shakldosh (omonim) so’zlar yuzasidan 
nazariy ma`lumot berilmaydi, bunday tushunchalarni shakllantirishga tayyorgarlik 
ko’riladi, xolos. 
O’quvchilar nutqini boyitishda maqollar katta ahamiyat kasb etadi. Maqollar 
o’qish uchun ham, suhbat uchun ham, hikoya tuzish uchun ham, grammatik tahlil va 
yozuv uchun ham juda qulay materialdir. Ular ixcham, sermazmun va ta`sirchan 
bo’ladi; maqollar o’quvchilarning badiiy didini o’stiradi, nutqqa eotibor bilan 
qarashga, to’g’ri, mantiqiy fikrlashga o’rgatadi, estetik tarbiyasida muhim o’rin 
tutadi. O’qish kitoblarida mavzuga bog’liq holda, o’zbek tili darsliklarida esa mashq 
matnlari ichida xilma-xil mavzularda juda ko’p maqollar beriladi. O’quvchilar 
maqollarni o’qib, o’qilgan asarning axloqiy muammosi bilan, hayotiy sharoit bilan 
bog’laydilar, ularning majoziy mazmunini, ayrim so’z va iboralarniig ma`nosini 
tushuntiradilar. Natijada o’rni bilan maqollardan foydalana boshlaydilar. 
Maqollar o’qilgan asarning xulosasi sifatida ishlatilib, ko’pgina asarlarning 
mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Masalan, «Ovchi, Ko’kcha va Dono» 
(4-sinf) ertagining xulosasi sifatida «Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar», 
«Ahillikda hikmat ko’p», «Birlashgan kuch yengilmas», «Do’stlar ahil bo’lsa, ish 
oson bo’lur» maqollari; «Odobli bo’lish osonmi?» (A. Obidjon) asaridan so’ng 
«Odob − kishining ziynati», «Odobli bola elga manzur», «Ilmning kattasi − odob», 
«Aql yoshdan, odob boshdan» maqollari beriladiki, bular shu asar mazmunining 
mag’zini ochib beradi. O’quvchilar maqollarni yoqtiradilar, shuning uchun ham 
maqollar bilan berilgan topshiriqlarni jon-dildan bajaradilar. O’qituvchi shularni 


598 
hisobga olib, maqollar bilan xilma-xil mashqlar ishlatish orqali o’quvchilarga 
so’zlarning majoziy ma`nosini, ko’p ma`no ifodalashini amaliy singdirib boradi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin