602
Uddasidan chiqmoq
Yo’lini topmoq
Eplamoq
2. Omonim frazeologizmlarning ma`nosini farqlashga o’rgatish.
Topshiriq.
Berilgan iboralar ishtirokida ikkita gap tuzing.
Ular ikki xil
ma`noda qo’llangan bo’lsin.
3. Berilgan sinonim iboralarni qatnashtirib, kichik matn tuzish.
Uddasidan
chiqmoq, qo’lidan kelmoq, ustidan chiqmoq
(2-sinfda
); holdan toymoq, tinkasi
qurimoq
(4-sinfda)
.
4. Berilgan iboralar ishtirokida gap tuzish. Ularning ma`nosini (qarama-qarshi
ma`noli ) izohlang. D
il ravshan tortib – dil xira tortib.
3-4-sinfda iboralarni yodda olib qolishga o’rgatishda “Geografik nomlar,
ranglar, milliy libos, hayvon, o’simlik nomlari qatnashgan iboralar guruhini tuzing”
kabi topshiriqlardan foydalanish mumkin. Masalan: dokadek oqarib ketmoq. Rangi
bo’zdek oqardi. Pashshadan fil yasama. Uzukka ko’z qo’ygandek. Qovog’idan qor
yog’moq kabi.
Tana aozolari nomi ishtirok etadi: lunji osildi, ko’z tikdi, qovog’i osildi, og’zi
qulog’ida kabi. Bunday iboralarning ma`nosini shu aozolarning vazifasi, harakati
orqali izohlashga harakat qilishlari o’rgatiladi.
Ma`lumki, iboralar ijobiy ma`no yoki salbiy ma`no ifodalaydi. O’quvchilarga
iboralarning ijobiy va salbiy ma`nosini aniqlashda tarkibidagi so’zlarga eotibor
qaratishlari aytiladi. Xalq yaxshi ko’rgan
narsalar ishtirok etsa, iboradan kelib
chiqayotgan ma`no ham ijobiy bo’lishi, odamlar yomon ko’rgan narsalar ishtirok
etsa, salbiy ma`no ifodalashi misollar bilan ko’rsatiladi.
Baozan ayrim hayvonlar
ham ijobiy, ham salbiy ma`noda qo’llanadi. Bunday iboralarni izohlashda
kontekstga eotibor berish zarur.
Iboralarning ma`nosini izohlashda uning tarkibidagi so’zlarning ko’chma
ma`nosiga asoslanish lozimligi o’quvchilarga o’rgatiladi
va shunga asoslanib
izohlashga o’rgatiladi. So’zning ko’chma ma`nosi tushunmagan o’quvchilar
iboraning ma`nosini izohlashda qiynalishdi.
603
3-4-sinfda iboralarning ma`nosiga ko’ra guruhlash ishlari mashq qilinsa,
ularning ma`nosini yaxshiroq o’zlashtirib oladilar.
Dostları ilə paylaş: