Mantiqiy mashqlar
Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini
tartibga soladi va ularga to’g’ri fikrlash usullarini o’rgatadi. O’quvchi maktabga
kelganda, keng lug’at boyligiga ega bo’lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash,
qarshi qo’yish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi
(ayniqsa, bilish faoliyatining oboekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi so’zlar
bo’lsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish
asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so’z
bilan aniq ifodalashga o’rgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini o’rgatish bilan
bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o’stirish hisoblanadi.
Mantiqiy mashqlar bolalarning so’z boyligi va tilining umumiy o’sishida katta
ahamiyatga ega bo’lib, lug’at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog’lab olib
boriladi. Logik mashqlar juda xilma-xil:
1. Narsalarnpng mavzuga tegishli guruhini tuzish:
ust kiyimlar (
ko’ylak,
kostyum,
. . .) va oyoq kiyimlar
(botinka, tufli, .. )
; uy hayvonlari va yovvoyi
hayvonlar kabi. Bunda bolalar
«Bu nima?»
so’rog’iga javob berishga o’rgatiladi:
Bu
n i m a?
- Avtobus. Avtobus nima? - Mashina.
2
. Bir turdagi narsalarni sanab ko’rsatish va umumlashtiruvchi bir so’z
bilan nomlash.
Masalan,
stol, stul, shkaf
larni bir so’z bilan qanday nomlash
mumkin?
(Mebelь)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish.
Masalan,
qalam, pero, chizg’ich, o’chirg’ich, stul
ko’rsatiladi, o’quvchilar o’quv qurollarini
ajratadilar,
stul
o’quv quroliga kirmasligini, mebelь ekanini aytadilar.
Bunday mashq o’yin tariqasida o’tkazilishi ham mumkin: ma`lum so’zlar
berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi:
qaldirg’och, chumchuq, mushuk, musicha.
Dostları ilə paylaş: |