O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə373/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   416
Mantiqiy mashqlar 
Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini 
tartibga soladi va ularga to’g’ri fikrlash usullarini o’rgatadi. O’quvchi maktabga 
kelganda, keng lug’at boyligiga ega bo’lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, 
qarshi qo’yish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi 
(ayniqsa, bilish faoliyatining oboekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi so’zlar 
bo’lsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish 
asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so’z 
bilan aniq ifodalashga o’rgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini o’rgatish bilan 
bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o’stirish hisoblanadi. 
Mantiqiy mashqlar bolalarning so’z boyligi va tilining umumiy o’sishida katta 
ahamiyatga ega bo’lib, lug’at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog’lab olib 
boriladi. Logik mashqlar juda xilma-xil: 
1. Narsalarnpng mavzuga tegishli guruhini tuzish:
ust kiyimlar (
ko’ylak, 
kostyum,
. . .) va oyoq kiyimlar 
(botinka, tufli, .. )
; uy hayvonlari va yovvoyi 
hayvonlar kabi. Bunda bolalar 
«Bu nima?»
so’rog’iga javob berishga o’rgatiladi: 
Bu 
n i m a?
- Avtobus. Avtobus nima? - Mashina.
2
. Bir turdagi narsalarni sanab ko’rsatish va umumlashtiruvchi bir so’z 
bilan nomlash.
Masalan,
stol, stul, shkaf
larni bir so’z bilan qanday nomlash 
mumkin? 
(Mebelь) 
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish.
Masalan, 
qalam, pero, chizg’ich, o’chirg’ich, stul
ko’rsatiladi, o’quvchilar o’quv qurollarini 
ajratadilar, 
stul
o’quv quroliga kirmasligini, mebelь ekanini aytadilar. 
Bunday mashq o’yin tariqasida o’tkazilishi ham mumkin: ma`lum so’zlar 
berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: 
qaldirg’och, chumchuq, mushuk, musicha. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin