601
SHahar uyg’ondi (xalq)
Toshkentning quchog’i (odamning
quchog’i)
baxt kulgandir (bola kuldi)
ter to’kmoq (mashaqqat bilan qattiq
ishlamoq)
Taqqoslash usulidan foydalanib, ularning shakli va o’z hamda ko’chma
ma`nosi izohlanadi: - «SHahar uyg’ondi» deganda nimani tushundingiz?
(SHahardagi odamlarning uyg’onganini)
-Birikmada qaysi so’z ko’chma ma`no ifodalabdi? («shahar» so’zi)
-Demak, so’zlar ko’chma ma`no ifodalaydi, buni 1-sinfdan buyon o’rganib
keldingiz.
-«ter to’kmoq» deganda nimani tushundingiz? (mehnat qilishni)
-«ter to’kmoq» iborasida qaysi so’z ko’chma ma`no bildiryapti? (har ikkinchi
so’z ham ko’chma ma`no ifodalayapti)
-«ter to’kmoq» iborasi «mashaqqat bilan qattiq ishlamoq» ma`nosini
bildiryapti. Demak, so’zlar ko’chma ma`no bildirganidek, iboralar ham ko’chma
ma`no bildirar ekan. Faqat iboralar kamida ikkita so’z bo’ladi. Ular bir butun holda
ko’chma ma`no bildiradi. Taqqoslang: orasidan qil o’tmaydi – ignaning teshigidan
qil o’tmaydi.
2-sinf «Ona tili» darsligida qo’llangan frazeologizmlar yuzasidan quyidagicha
mashqlar uyushtirilishi mumkin:
1.Asardagi ayrim so’zlarni iboralar bilan almashtirish. Bunda quyidagi kabi
jadvaldan foydalanish mumkin:
Dostları ilə paylaş: