4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so’zlarni guruhlarga ajratish.
Bunda
so’zlar
choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka
kabi aralash beriladi. O’quvchilar
604
guruhlab,
idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ...
kabi yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so’zlar ham aralash beriladi, bolalar to’rt
guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar.
5. Qarama-qarshi qo’yish bilan umumlashtirish:
qaldirg’och, chumchuq,
bulbul
− qushlar,
tovuq, xo’roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)
Mantiqiy mashqlar sermazmun bo’lishi, o’quvchilarning tajribasi bilan
bog’lanishi, ularni to’g’ri fikrlashga o’rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va
tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o’rni bilan boshqa
darslarda ham, o’qish va grammatika darslarida ham foydalaniladi.
So’z va iboralar ustida ishlashda topishmoqlardan foydalanish
O’qituvchi darslar davomida o’quvchilarda tabiatda qanday suvlar, bulutlar
bo’lishi haqida tasavvur hosil qilib boradi. So’z turkumlarini o’rganish jarayonida
suv, bulut, umuman tabiat hodilari haqida topishmoqlar aytadi, o’quvchilar javobini
topadi. O’quvchilardan javobini topishingizda topishmoq matnidagi qaysi so’zlarga
eotibor berdingiz? Bu so’zlarga so’roq berib, qaysi so’z turkumiga kirishini aniqlash
topshrig’i beriladi. Topishmoq bulut va yomg’ir haqida. Bu topshiriqni bajarib
bo’lgishgach: “Suv, yomg’ir, bulut haqida gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringiz nima
haqida? Ular nimasi bilan o’xshash va nimasi bilan farq kilyapti? Siz tuzgan
gaplaringizda suv, yomg’ir, bulutning qaysi xususiyatlarini aytdingiz?” topshirig’i
beriladi. O’quvchilar qo’yidagicha gaplar tuzadilar:
Yozda anhorning muzdek suvida cho’milamiz. Kuzda aniqlarda tiniq suv oqadi.
Bahorda tog’lardan loyqa suvlar tushadi. Biz paxtazorga jildirab oqayotgan suvni
tomosha qildik. Onam yomg’ir suvini isitib kir yuvadi. Qora bulut osmonda
ko’ringanda yomg’ir yog’adi. Qishda osmonda pag’a-pag’a qora bulutlar bo’ladi.
Yozda osmonda oppoq bulutlar suzib yuradi. Bahorda yomg’ir ko’p yog’sa, o’tlar
ko’karadi. Yomg’ir ko’p yog’sa, cho’llarda o’t ko’payadi, qo’y-qo’zilar maza qilib
yeydi.
O’quvchilar suv,bulut,yomg’irning xususiyatlarini bildirgan quyidagi so’zlarni
aytadilar: tiniq, loyqa, muzdek, qora, oppoq, pag’a-pag’a.
605
Endi 185-mashqning matnini o’qing. Siz nima o’qidingiz? Topishmoq nima
haqida ekan? Topishmoqda yomg’ir va bulutning qaysi xususiyatlari tilga olingan?
O’quvchilar yomg’ir va bulutning xususiyatlarini bildirgan “oyog’i yo’q, pastga
chopadi, bog’lar, sahrolar, hayot topadi, xafa bo’lib to’kar yosh, chiqmasa quyosh”
kabi so’zlarni aytadilar, ularning turkumlarini aniqlaydilar.Tabiat hodisalariga doir
topishmoqlar ayttiriladi.
So’ng o’qituvchi quyidagi topishmoqlarni aytadi va ular (suv, yomg’ir,
shudring, qor, tuman, buloq, do’l, qirov, qorparcha, ayoz) javoblarini topadilarva
ularning xususiyatlarini bilib oladilar.
Men bor joyda gul unar,
Mensiz gulzor cho’l bo’lar. (
Dostları ilə paylaş: |