O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə380/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   416
«Kim chaqqon» daqiqasi
. Bir necha dars davomida o’rganilgan iboralarni tez 
va tug’ri yod aytgan, ma`nosini misollar bilan izohlagan o’quvchi g’olib sanaladi. 
Quyidagi iboralar berildi: 
«Kim chaqqon?» o’yini kichik guruhlar o’rtasida o’tkazildi. O’qituvchi har bir 
kichik guruh uchun kartochkada ibora beradi va vaqt belgilaydi. Qaysi birinchi va 
to’g’ri javob bersa, shu guruh g’olib bo’ladi.
Bu yana quyidagicha tashkil etildi. Sahna ko’rinishi namoyish qilindi. 
O’quvchilar sahna ko’rishidagi asarga mos iborani topib aytadilar….. 
«Topqirlar bellashuvi».
O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi.Har bir 
guruhga iboralar qatnashgan matn beriladi. Topshiriq. Matndan iborani toping va 
ma`nosini izohlang. Birinchi va to’g’ri bajargan guruh g’olib sanaladi. Matnlardan 
namunalar: 
«Kimligingni top» o’yini. 
Har bir guruhdan bir o’quvchi doskaga chiqariladi. 
Peshanasiga ibora yozilgan toj bog’lanadi. O’tirgan o’quvchilar iboraga ma`nodosh 
bo’lgan so’z yoki uning mazmuniga mos gap aytadi. O’quvchi topadi.


612 
Mantiqiy mashqlar 
Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini 
tartibga soladi va ularga to’g’ri fikrlash usullarini o’rgatadi. O’quvchi maktabga 
kelganda, keng lug’at boyligiga ega bo’lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, 
qarshi qo’yish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi 
(ayniqsa, bilish faoliyatining oboekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi so’zlar 
bo’lsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish 
asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so’z 
bilan aniq ifodalashga o’rgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini o’rgatish bilan 
bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o’stirish hisoblanadi. 
Mantiqiy mashqlar bolalarning so’z boyligi va tilining umumiy o’sishida katta 
ahamiyatga ega bo’lib, lug’at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog’lab olib 
boriladi. Logik mashqlar juda xilma-xil: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin