O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


O’quvchi nutqida uchraydi: T o’ g’ r i s i



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə383/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   416
O’quvchi nutqida uchraydi: T o’ g’ r i s i: 
maktabga bo’ldim maktabda bo’ldim 
maktabni bog’i maktabning bog’i 
Bolalar ko’proq xatoga yo’l qo’yadigan so’z birikmalarini yig’ib borish 
xatoning oldini olishga qaratilgan mashqlar tuzishga imkon yaratadi. So’z birikmasi 
ustida ishlash grammatik, imloviy va boshqa mashqlarni to’g’ri bajarishga xizmat 
qiladi. SHuning uchun so’z birikmasi ustida o’rni bilan maqsadga muvofiq ishlab 
borish orqali gap va bog’lanishli nutq tuzishga oid nutqiy mashqlarga o’tish lozim. 
 
Gap ustida ishlash 
Gap ustida ishlash o’quvchilarning nutqini o’stirishda muhim ahamiyatga ega. 
Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o’quvchilarni sintaktik jihatdan to’g’ri va aniq 
gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o’rgatish hisoblanadi. Gap (grammatik 
jihatdan o’zaro bog’langan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega 
bo’lgan) nutq birligi bo’lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf 
o’quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. SHunday ekan, 
nutqqa oid mashqlarga qo’yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham 
taalluqlidir; ikkinchidan, gap − grammatik tomondan to’g’ri tuzilgan birlik, shunday 


615 
ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu jarayonda 
gap qurilishi, gapda so’zlarning bog’lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda 
muhimdir; uchinchidan, gap mazmun birligi bo’lib, tugallangan mazmunni bildiradi. 
Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning 
gap tuzilishiga bog’liqligi ustida ishlash ham zarur; to’rtinchidan, gapning 
intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, 
intonatsiyaning mazmun bilan bog’liqligini tushuntirish kerak. 
Boshlang’ich sinflar dasturining «Grammatika, imlo va nutq o’stirish» 
bo’limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko’rsatilgan. Bola boshlang’ich 
sinflarda beriladigan sintaktik materiallar hajmida faqat ona tili darslaridagina emas, 
balki boshqa darslarda va maktabdagi barcha mashg’ulotlar jarayonida gap tuzish, 
uni tahlil qilish va qayta tuzishga o’rgatib boriladi. 
Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma-xil bo’lib, analiz va 
sintezning ustunligiga hamda o’quvchilarning mustaqillik darajasiga ko’ra tasnif 
qilinadi. 
Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga 
bo’linadi: 
1) analitik mashqlar, yaoni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil 
qilish; 
2) sintetik mashqlar, yaoni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar

Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, ular parallel holda 
yoki sintetik mashqdan so’ng analitik mashq o’tkaziladi. 
O’quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko’ra 
gap ustida ishlash mashqlari uchga bo’linadi:
1) namuna asosidagi mashqlar;
2) konstruktiv mashqlar;
3) ijodiy mashqlar. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin