616
eshitish, uni o’qishga muhim o’rin beriladi. Namuna asosidagi mashqlarga
quyidagilar kiradi:
1. Gap ustida ishlashning eng oddiy, boshlang’ich, shu bilan birga, eng zaruriy
shakli −
namuna
ni o’qish (yozish), intonatsiyasi, ifodaliligi ustida ishlash, gapning
asosini
va mazmunini tushuntirish, baozan esa gapni yodda saqlash,
yodlash
hisoblanadi.
Gapni o’qish va kuzatish nutq o’stirishga katta yordam beradi. Gap
intonatsiyasi ustida ishlash gap mazmunini va bog’lanishini tushunishga, namunaga
qarab, uni o’zlashtirish va yodda saqlashga, gap qurilishini
yaxshi tushunishga
yordam beradi. Bu jarayonda nutqdan gapni intonatsiyaga qarab ajratishga,
intonatsion
tugallanganlikni ifodalashga, darak, so’roq va his-hayajon gaplarning
intonatsiyasiga, uyushiq bo’lakli gaplar va bog’lovchisiz qo’shma gaplardagi sanash
ohanggiga, bog’langan qo’shma gap intonatsiyasiga eotibor berish kerak.
2. Savol asosida gap tuzish.
Bunda berilgan savol javob (gap tuzish)
uchun
asos bo’ladi va «namuna» vazifasini bajaradn. Savolda uning asosiy mazmunigina
emas, balki barcha so’zlari va sintaktik qurilishining chizmasi ham beriladi.
Masalan: Bolalar bog’da nima terdilar? (Bolalar bog’da olma terdilar).
Savollar asta-sekin murakkablashtirib boriladi: bolalar oldin so’roq so’z
o’rniga bir so’z qo’shib gap tuzgan bo’lsalar, keyinroq o’z so’zlarini ko’proq
qo’shishga majbur bo’ladilar:
Bolalar bog’da nima qildilar? (Bolalar bog’da olma
terdilar. Bolalar bog’da olma terdilar va uni savatlarga soldilar).
Yoki
«Bolalar
qaerda bo’ldilar? Ular nima qildilar?»
(Bolalar bog’da bo’ldilar. Ular olma terdilar
va savatlarga soldilar
). Sen tipratikan haqida nimalarni bilasan? Nega qushlar
uyasini buzii mumkin emas?
kabi.
Dostları ilə paylaş: