O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə386/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   416
sodda yoyiq gap tuzish.
Bunda o’quvchilarga 
«Quyosh yoritadi va isitadi»
kabi gap 
beriladi, o’quvchi esa 
«Ravshan o’qidi va ishladi»
kabi gap tuzadi. 
6. Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo’lakli sodda gap tuzish.
Masalan, 
«Bahorda qaldirg’ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi», «Bahorda laylaklar 
ham uchib ketadi»
gaplaridan uyushiq bo’lakli 
«Bahorda qaldirg’ochlar va 
laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi»
gapi tuziladi. 
Ijodiy mashqlar
da o’quvchilar o’zlari erkin ravishda gap tuzadilar.
Boshlang’ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 


618 
1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o’quvchilar shu mavzuga mos gap 
tuzadilar: 
«Quyoshli kunda», «Bizning uy» yoki «Quyon va tipratikan» 
kabi. 
2. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o’quvchilar rasm asosida bir yoki 
bir necha gap tuzadilar. 
3. Ikki-uchta «tayanch» so’z beriladi, o’quvchilar shu so’zlarni qatnashtirib 
gap tuzadilar. Tayanch so’z sifatida bolalarning faol lug’atiga aylantirish zarur 
bo’lgan so’zlar olinadi. 
BOG’LANISHLI NUTQ VA UNI O’STIRISH
VAZIFALARI 
Bog’lanishli nutq va uni maktabda egallash 
Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan 
mavzuni ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, 
tugallangan va o’zaro bog’langan ma`noli qismlarga bo’linadigan nutq 
bog’lanishli 
nutq
deyiladi. 
Bog’lanishli nutq birligi sifatida hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad, 
hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o’qituvchi bergan savolga o’quvchilarning 
keng, mukammal og’zaki javobini, yozma bayon va inshoni olish mumkin. 
Boshlang’ich sinflar metodikasida bog’lanishli nutqqa oid mashq turlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin:
1) berilgan savolga keng, mukammal javob;
2) o’qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o’rganish; o’quvchilar 
lug’atini faollashtirish bilan bog’liq holda har xil matnli mashqlar;
3) muntazam o’tkazilgan kuzatishlarni yozish, ob-havo kundaligini yuritish;
4) o’qilgan matnni turli variantda og’zaki qayta hikoyalash;
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshlab berilgan yoki oxiri berilgan 
hikoya, reja yoki syujet asosida o’quvchilarning og’zaki hikoyasi;
6) badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, o’quvchilar saviyasiga mos matnlarni 
yoddan yozish;
7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
8) namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;


619 
9) o’qituvchi bergan matnni og’zaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta 
hikoya qilish va bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyani sahnalashtirish 
kabilar);
10) har xil turdagi yozma insho. 
Bu mashqlarning hammasi nazariyasiz, amaliy tarzda beriladi. Bunday 
mashqlarni takroriy ishlatmaslik yoki asosiylarini tushirib qoldirmaslik uchun 
nutqiy mashqlarning aniq rejasi tuzib olinadi. 
Bog’lanishli nutqdan mashqlarning turli xil bo’lishida, avvalo, material 
manbaiga, tematikaga, shuningdek, janriga, til xususiyatiga, mashq turiga rioya 
qilinadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin