630
3. Berilgan mavzu bo’yicha matnning turli qismlaridan olingan parchalarni
hikoya qilish. Bu ish tanlab hikoya qilishning murakkabroq turi hisoblanadi.
Tanlab hikoya qilish uchun o’quvchi matnni boshidan oxirigacha qayta o’qib
chiqishga yoki yodga tushirishga, kerakli materialni yig’ishga to’g’ri keladi. Buning
uchun o’quvchilarga matnni ichda o’qish topshiriladi yoki ovoz bilan tanlab o’qish
topshirig’i beriladi. Bunday tanlab hikoya qilish baozan yozma bayon sifatida ham
o’tkaziladi.
Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon
Matn mazmunini qisqartirib qayta hikoyalash va bayon yozish murakkab
mantiqiy usullardan foydalanishni talab qiladi, shuning uchun ham u to’liq yoki
matnga yaqin qayta hikoyalash va bayonga nisbatan qiyin. Bunda
matndan ikkinchi
darajali o’rinlarni tushirib qoldirib, asosiy, muhim o’rinlar tanlab olinib, hikoya
qilinadi. Buning uchun o’quvchining o’zi matnning asosiy mazmunini aniqlashi,
bog’lanishli, izchil qayta hikoyalashi, uning hikoyasi
matnni qisqartish tarzida
bo’lmasligi, o’zlashtirilgan matnning asosiy mazmunini o’z so’zlari bilan bera olishi
zarur. Qisqartirib qayta hikoyalashga o’rgatish uchun bayon mazmunini qisqartirib
tuzish oson bo’lgan hikoya tarzidagi matn tanlash tavsiya etiladi. Qisqartirib qayta
hikoyalash elementlari 1-sinfdan kiritiladi. O’qilgan matnni tahlil qilish jarayonida
o’quvchilardan uning bir qismini qisqa − bir gap bilan aytish so’raladi. Keyin
o’quvchilarga matnning ikki qismini, nihoyat, butun
matnni qisqartib qayta
hikoyalash tavsiya etiladi.
O’quvchilar matnni to’liq qayta hikoya qilishga o’rganganlaridan so’nggina
matnni qisqartib qayta hikoyalashga o’rgatiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash, o’z
navbatida, matn rejasini tuzish, yaoni matn qismlariga sarlavha topish bilan bog’liq,
asarning asosiy mazmunini qisqa ifodalash esa matn ustidagi analitik-sintetik
ishlarning natijasidir. Baozan o’quvchilar asarning asosiy mazmunini (g’oyasini)
qisqa, bir gap bilan ifodalashga o’rgatilgach, matn rejasini tuzishga, keyin matnni
qisqartib qayta hikoyalashga, undan so’ng matn mazmunini to’liq
qayta hikoya
qilishga o’rgatilishi ham mumkin.
631
Qayta hikoyalash bog’lanishli nutqni o’stirishning zaruriy bosqichidir.
Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga ko’ra, matn mazmunini qisqartirib bayon
yozishni 3-sinfda o’rgatish ko’zda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga tayyorgarlik
matn qismlariga sarlavha topish, matn rejasini jamoa bo’lib tuzish bilan bog’liq
holda 2-sinfdan boshlanadi.
Qisqartirib bayon yozish uchun o’qituvchi yoki o’quvchilarning o’zlari matnni
bir-ikki marta o’qiydilar, so’ng matn mazmuni yuzasidan suhbat o’tkaziladi va
yoziladigan asosiy fikr hamda tushirib qoldiriladigan o’rinlar ajratiladi. Qisqartirib
bayon yozishga og’zaki tayyorgarlik jarayonida matn rejasi tuziladi, lug’at ustida
ishlanadi, gap va matnning ayrim qismlari tuzdiriladi. Og’zaki
qisqa qayta
hikoyalashdan matnni qisqartib bayon yozishga o’tiladi. Qisqartib bayon yozishga
og’zaki tayyorgarlik mashqlari asta kamaytirilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: