626
Bir chumoli katta don topib oldi. Uni iniga olib ketmoqchi bo`ldi. Don og`ir
edi. Chumoli donni ko`tara olmadi.
Shundan keyin chumoli o`rtoqlarini yordamga chaqirib keldi. Ular birgalikda
donni inlariga olib keldilar. (33 so`z)
O`qituvchi matnni o`qib beradi. So`ng usti yopib qo`yilgan
shu matnni
ochiladi. O`quvchilar ichlarida o`qiydilar.
3.Matn yuzasidan suhbat:
–Hikoyada qanday chumolilar haqida gap boradi?
–Chumoli nima uchun yordamga chaqirdi?
–Chumolilar birlashib nima qildilar?
4. Hikoya sarlavhasi ustida ishlash:
-Nima uchun hikoyaga “Kuch birlikda” deb sarlavha qo`yilgan?
5. Hikoyaning leksik birliklari ustida ishlash.
-Doskadagi hikoyani qayta o`qing. Qaysi so`zlarni yozish xato qilish mumkin?
(
kata, ketmoxchi, topip, olip, o`rtog`lari, chaqirip
)
Shu so`zlarning talaffuzi va yozilishi ustida ishlanadi.
6. O`quvchilarni hikoyani kengaytirib hikoyalashga tayyorlash.
Matndagi
gaplarni biroz o`zgartirgan holda yozishga o`rgatish
uchun quyidagi savollarga
javob olinadi:
Chumoli qayerdan don topib oldi?
U nima uchun donni ko`tara olmadi?
Boshqa chumolilar nima uchun unga yordam berishdi?
7.Reja tuzish. Reja so`roq gap shaklida tuziladi va o`quvchilar
shu asosda
hikoya qildiriladi.
Reja:
Chumoli nima uchun qiynalib qoldi?
Chumoliga o`rtoqlari qanday yordam ko`rsatdi?
Raja asosida matnni to`liq qayta hikoyalash.
Tayanch so`zlar. Doskaga ”katta, don, ketmoqchi, topib, olib, o`rtoqlari,
chaqirib, in” so`zlari yozib qo`yiladi.
627
11.Yozilgan bayon matni tahlili. O`quvchilarga yozgan bayonlarini o`qib, xato-
kamchiliklarini tuzatishlari aytiladi va o`rgatiladi.
Bu paytda bayon matni yana
doskaga ilib qo`yildi. O`quvchilar yozganlarini unga qarab tekshirdilar.
Dostları ilə paylaş: