O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Quyida 4-sinfda o`tkaziladigan ta`limiy bayon darsining namunasi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə392/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   416
Quyida 4-sinfda o`tkaziladigan ta`limiy bayon darsining namunasi: 
 Darsning mavzusi: „Qovun sayli" . (Bayon) 
Darsning maqsadi: 
o`quvchilarning yozma nutqlarini o`stirish. ”O`qish 
kitobi”dagi Sh.Sa`dullaning „Qovun sayli" hikoyasi matni va rasm asosida yozma 
qayta bayon qilishga o`rgatish. O`quvchilarning ona Vatanga bo`lgan 
muhabbatlarini oshirish. Mehnatsavarlik ruhida tarbiyalash. 
Darsning turi: 
o`quvchilarning yozma nutqini va imloviy savodxonligini
aniqlash. 
Darsning metodi: 
suhbat, mustaqil ish metodi va amaliy ish metodi.. 
Darsning jihozi: 
qovun polizi aks ettirilgan rasm. 
Darsning borishi: 
 
O`qituvchi bugungi darsda ta`limiy bayon o`tkazilishini aytib, ularni 
bayonyozishga tayyorlaydi. 
1. O`quvchilar diqqatiga „Qovun polizda" rasmi havola qilinib, suhbat 
uyushtiriladi. 
— Rasmda nimalarni ko`ryapsiz? 
— Polizda nimalar pishib yetilgan? 
— Polizda bolalarni kim kutib oldi? 
— Bolalar polizda nima qildilar? 
2. ”O`qish kitobi”dagi Sh. Sa`dullaning „Qovun sayli" hikoyasining 2-qismi 
o`qitiladi.
3. Doskada oldindan yozib qo`yilgan quyidagi so`zlar o`quvchilar diqqatiga 
havola qilinadi. 
Tog`a, Hasan, Husan, Munisa, hatto, dala, sarg`aygan qovunlar, olachipor 
tarvuzlar, chayla, umrvoqi, ko`kalapish, doniyor, qo`zivoy, shirinak, uzilgan, 
dumalab yotardi. 


628 
4. O`qituvchi qovun turlari haqida, ko`rinishi haqida ma`lumot beradi. 
O`quvchilar yuqoridagi so`zlar ishtirokida rasmga qarab gap tuzadilar. 
5. Reja tuzish. O`quvchilardan har bir rejada nima haqda yozmoqchi ekanliklari 
so`raladi. So`ngra reja tuzishlariga vaqt beriladi. Uch-to`rt o`quvchi o`z rejasini 
o`qiydi va shu reja asosida matnni qayta hikoyalaydilar. Lozim bo`lsa, o`qituvchi 
o`quvchilar hikoyasiga tuzatishlar kiritib boradi. O`quvchilarga noaniq bo`lgan 
o`rinlar oydinlashtiriladi.
O`quvchilar o`z rejalarini aytadilar va rejaning eng ma`qul deb topilganlari 
doskaga yozib boriladi. 
Reja: 
1. Qovun polizining ko`rinishi. 
2. Mavlon tog`aning hikoyasi. 
3. Shirinak tanlovi. 
4. Bolalar xursand qaytdilar. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin