621
Muhokama
bog’lanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi,
shuning uchun boshlang’ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish
tavsiya etilmaydi; o’quvchilar inshoda muhokama elementlaridangina
foydalanadilar. Masalan, «Qushlar uyasini nima uchun buzish mumkin emas»,
«Paxta − bizning milliy boyligimiz» mavzularida og’zaki hikoya tuzdirilsa yoki
insho yozdirilsa, muhokama elementi, albatta, bo’ladi.
O’qituvchi bog’lanishli nutqni rejalashtirganda, turli janrda mashq qilishni
ko’zda tutadi va o’quvchilarga hikoya, tasvir va muhokama elementlarini o’rgata
boradi. Bunda ko’proq hikoya tarzidagi matn tuzdirishga ahamiyat beradi.
Bolalarning bog’lanishli nutqni egallash darajasiga qarab, matnga tasvir va
muhokama elementlari kiritib boriladi.
Dostları ilə paylaş: